Avgust oyida bizni qanday astronomik hodisalar kutmoqda? (+video)
O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi kosmos ixlosmandlari uchun avgust oyida kuzatish mumkin bo‘lgan eng qiziqarli voqealar taqvimini taqdim etdi.
2-avgust: Merkuriyning g‘arbiy elongatsiyasi
Ertalab Quyosh chiqishidan avval osmonning sharqiy qismida Merkuriy juda yaxshi ko‘rinadi. O‘zbekistonda uni yorqin yulduz sifatida kuzatish mumkin.
12-avgust: To‘liq Quyosh tutilishi
Rossiyaning shimoli, Grenlandiya, Islandiya va Ispaniyada ko‘rinadi. Afsuski, O‘zbekiston hududidan bu safar ko‘rinmaydi.
12-13-avgust: Perseid meteor yomg‘iri
Yilning eng yorqin "yulduz uchishi" hodisasi. Swift-Tittle kometasi qoldiqlari Yer atmosferasida yonib, go‘zal manzara hosil qiladi. Bir soatda 60 tagacha meteor ko‘rish mumkin.
15-avgust: Veneraning sharqiy elongatsiyasi
Quyosh botgach, osmonning g‘arbiy qismida eng yorqin yulduz bo‘lib porlaydi. Kuzatish uchun eng qulay vaqt!
28-avgust: Qisman Oy tutilishi
Oy Yerning soyasiga kiradi. Afrika, Yevropa va Amerika qit’alarida kuzatiladi.
Avgust oyida sayyoralarni ko‘rish vaqtlari:
• Shom payti: Venera
• Tunda: Saturn va Neptun
• Tunning 2-yarmi: Mars va Uran
• Tongga yaqin: Yupiter va Merkuriy sayyoralarini kuzatish imkoni bo‘ladi.
<iframe width="650" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/b8CXs-XiNLI" title="Astronomik hodisalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bekTo‘xtayev (video), O‘zA