2025 yil 7 sentyabrdan 8 sentyabrga o‘tar kechasi "Qonli Oy" deb nomlangan Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, garchi u Quyosh tutilishiga qaraganda tez-tez sodir bo‘lsa-da, Oyning to‘liq tutilishi juda kam uchraydigan hodisa. Agar bu hodisani 7 sentyabr kuni o‘tkazib yuborsangiz, unda keyingisini 2028 yilgacha kutish kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 7 sentyabrda to‘liq Oy tutilishini sayyoraning aksariyat qismidan, jumladan, O‘zbekistonda ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 6 milliard kishi ushbu astronomik hodisani tomosha qilishi mumkin.

Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 20:28 da boshlanadi. Oy Yer soyasiga kiradi va tutilish jarayoni 8 sentyabr soat 1:55 gacha davom etadi. Deyarli bir yarim soat davomida osmonda "Qonli Oy" ko‘rinadi – bu oy nuri atmosferada sinib, qizil va hayratlanarli yorug‘likda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq.

Oy tutilishini yaxshiroq tomosha qilish uchun shaharlardan uzoqda, yorug‘lik kamroq bo‘lgan joyni tanlash lozim. Iloji bo‘lsa, balandroq ko‘tarilish va qorong‘ilikka ko‘nikish uchun ko‘zlarga 20 daqiqa dam berish, telefon, monitor va televizorlardan uzoqlashish kerak. Ko‘chaga chiqishdan oldin ob-havo ma’lumotini tekshirish zarur, chunki juda bulutli bo‘lsa, hech narsa ko‘rinmaydi.

Ma’lumot uchun, to‘liq Oy tutilishi deb, Quyosh-Yer-Oy bir chiziqqa joylashib, Oy yuzasining to‘liq Yer soyasiga kirishiga aytiladi. To‘liq Oy tutilishi Quyosh tutilishidan farqli holda, uzoq vaqt davom etadi.

Oy tutilishi qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish xavfsiz. Oy tutilishini kuzatish Quyosh tutilishidan farqli o‘laroq, Oyning to‘liq tutilishini kuzatish uchun hech qanday maxsus jihozlarni talab qilmaydi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/01KsKLsfTqc" title="Bugun &quot;Qonli Oy&quot; astronomik hodisasini 6 milliard kishi kuzatishi mumkin." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun "Qonli Oy" astronomik hodisasini 6 milliard kishi kuzatishi mumkin (+video)