Vatanimiz tarixidagi 26-oktabr sanasi bilan bogʻliq ayrim voqealar bayoni.

Kun tarixi

899-yil (bundan 1121 yil oldin) – Somoniylar davlati hukmdori Ismoil Somoniy Xurosondagi safforiylar sulolasini agʻdarib, Balx ostonasida Amr ibn Lays as-Saffor qoʻshini ustidan gʻalaba qozondi. Bu Ismoil Somoniyning eng katta muvaffaqiyati edi. Tarixchi olim Boʻriboy Ahmedovning qayd etishicha, ushbu voqea hijriy 286-yil shavvol oyining oʻn yettinchi kunida, milodiy 899-yil 26-oktabrda sodir boʻlgan.

1717-yil (bundan 303 yil oldin) – Rossiya imperatori Pyotr I Buxoro xoni Abulfayzxonning elchisini qabul qildi. Xonquli toʻpchiboshi boshliq 61 kishidan iborat elchilar Buxorodan Peterburgga 1716-yilda joʻnatilgan edi. Xonquli toʻpchiboshi oʻsha vaqtda Prussiyada boʻlgan Pyotr I ning Peterburgga qaytishini ancha vaqt kutdi.

“Oʻzbekistonning yangi tarixi” asarining ikkinchi kitobida qayd etilishicha, qabul marosimi paytida shohlarga xos odat boʻyicha Pyotr I elchidan Buxoro xoni Abulfayzxonning salomatligini surishtirdi. Shundan keyin Buxorodan keltirilgan sovgʻa-salomlar topshirildi. Xonquli toʻpchiboshi Abulfayzxonning ishonch yorligʻini topshirgach, asir etilgan buxoroliklarning ozod etilishini iltimos qildi.

Podsho va uning vazirlari Xonquli toʻpchiboshi qachonlardir Orenburg garnizoni kaprali Andrey Rodikov boʻlganini eshitishgan edi. Asir tushib qolgan bu zobit Xivada qul tariqasida sotilgani, Buxoro shahzodasi Abulfayz uni oʻz xizmatiga olib, armiyada katta lavozimga qoʻygani tarixini ham bilishardi. Andrey Rodikov oʻz darajasiga koʻra generaldan ham yuqori unvondagi Buxoro amaldori ekani ham qiziqishni oshirgan edi.

Sobiq kapral endi Xonquli toʻpchiboshi nomida qirq yildan soʻng oʻz vatanida oʻzga yurtning elchisi sifatida turardi. Pyotr I Buxoro elchisi bilan qilgan shaxsiy suhbatida uning butun tarixini bilib oldi va unga hurmati oshdi. Oʻz burchiga sodiq bu rus zobitining Buxoro xoniga sadoqati podshoni ajablantirdi.

1935-yil (bundan 85 yil oldin) – aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti Ergash Karimov dunyoga keldi (vafoti 2009-yil). U 1999-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1993-yil (bundan 27 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maorif, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti – YUNESKO Bosh anjumanining 27-sessiyasida unga aʼzo boʻldi. Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Toshkentda 1996-yildan YUNESKO vakolatxonasi ish boshlagan.

2001-yil (bundan 19 yil oldin) – Oʻzbekiston metropolitenining Toshkent shahri markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bogʻlaydigan 3-yoʻlining 1-navbati – “Mingoʻrik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Kodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” (hozirgi “Shahriston”) bekatlari ishga tushdi.

2017-yil (bundan 3 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi davlat tashrifi davomida Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi. Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organidir. Shuningdek, davlatimiz rahbari Istanbul shahriga tashrifi chogʻida Topkapi (Toʻpqopi) saroyini borib koʻrdi. XV asrda qurilgan mazkur tarixiy majmua koʻp asrlar davomida Usmonlilar sulolasining saroyi boʻlgan. 1923-yil muzeyga aylantirilgan.

Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asirlikda qul qilingan, keyinchalik yuqori mavqega erishgan amaldor
Жамият
08:13 / 26:10:2020