Argentina ham pley-offga yo‘l oldi
Argentina va Avstriya o‘rtasidagi bahs “J” guruhidagi vaziyatga oydinlik kiritdi. Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, argentinaliklar keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsa, Avstriyaning taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arlington shahridagi “AT&T Stadiu stadionida futbol bo‘yicha Jahon chempionati “J” guruhining 2-tur uchrashuvi doirasida Argentina va Avstriya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuv Argentina terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi ikki golga ham Lionel Messi mualliflik qildi. Lionel Messi mundiallar tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi U 18 ta gol bilan Miroslav Klozening 16 ta gollik rekordini yangiladi.
Shu tariqa janubiy amerikaliklar ochkolarini 6 taga yetkazib, muddatidan avval pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Avstriya esa 3 ochko bilan guruhdagi imkoniyatlarini saqlab qolmoqda.
“J” guruhidagi yana bir uchrashuvda Iordaniya va Jazoir terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bahs 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da start oladi.
Shuningdek, 23-iyun kuni “I” guruhining 2-tur bahslari ham bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiya — Iroq, Norvegiya — Senegal o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA