AQŞning bir neça yirik banki faoliyatida uziliş yuz berdi
Amerikaning eng yirik banklari "JP Morgan", "Bank of America", "Wells Fargo", "Chase Bank" va "U.S.Bank" mijozlari faoliyat uzilişiga duç keldi.
Bu haqda Belarusning “BelTA” telegraf agentligi TASS maşhur internet-resurslar faoliyatini kuzatuvçi “Downdetector” portali maʼlumotiga tayanib yozgan.
Maʼlumotga köra, şikoyat soni 7 200 dan oşgan. Eng köp arz “Chase Bank” faoliyatiga taalluqli – 4 400 ga yaqin. Foydalanuvçilar asosan amaliyot yuritiş va mablağni hisob varağida aks ettiriş bilan boğliq muammoni qayd etgan.
A.Mamatov, ÖzA