SUPER SESHANBA

Amerika Qoʻshma Shtatlarida, demokratlar partiyasining prezidentlikka nomzodlik poygasida, oʻtgan bir necha kun ichida jiddiy burilishlar yuz berdi. Bir hafta oldin Berni Sanders musobaqani boshqarayotgan, Jo Bayden kampaniyasi esa puli kamligi va infratuzilmaga ega boʻlmagani sababli qulashda davom etayotgandi. Maykl Blumberg esa moʻtadil saylovchilarning qutqaruvchisi sifatida harakat qilayotgan bir paytda, Demokratik partiyani bir savol qiynardi: “Sandersni kimdir toʻxtata oladimi?” Hammasiga Super seshanba oydinlik kiritib berdi.

SUPER SESHANBA

Super seshanba, – bu AQSH siyosiy jargonidagi soʻz boʻlib, prezident saylovi oʻtkaziladigan yilning fevral yoki mart oyi boshidagi seshanba kuniga nisbatan ishlatiladi. Bu kunda koʻp shtatlarda, partiya qurultoyida prezidentlikka nomzodlarni tanlaydigan delegatlar saylanadilar.

Super seshanba kuni, saylov poygalarining boshqa kunlariga qaraganda koʻproq delegatlar tanlanadi, shuning uchun bu kunda gʻalaba qozonish, barcha prezidentlikka nomzodlar uchun juda muhimdir.

3-mart kuni boʻlib oʻtgan Super seshanba kunidan keyin Jo Bayden katta sahnaga har qachongidan ham kuchliroq boʻlib qaytdi, Berni Sanders oʻz kamchiliklarini koʻrsatib qoʻydi, oʻz ishiga puxta Elizabet Uorren ham kutilmaganda qaqshatqich magʻlubiyatga uchradi.

U faqat oliy maʼlumotli progressistlarni ishontira oldi, xolos va hattoki oʻz uyi boʻlgan Massachusets shtatida ham uchinchi oʻrinni egalladi. Maykl Blumberg esa shunchaki yomon tush sifatida esda qoldi. Bu fonda Tramp yana gʻalaba qozonishi mumkinligi haqidagi gaplarning paydo boʻlishi tabiiy.

Super seshanba kungi dovga iyul oyi oxirida Miluokida boʻlib oʻtadigan syezdga boradigan delegatlarning uchdan bir qismi tikilgan edi. Quyida ushbu jarayonning asosiy faktorlarini koʻrib chiqamiz:

HARAKAT

Safarbarlik va tashkillashtirish shubhasiz Berni Sandersning kuchli tarafi edi. Toʻrt yil oldin u Xillari Klintonga yutqazganida boshlangan bu ishda koʻngilli ishqibozlar armiyasi tomonidan joylashtirilgan juda ajoyib kampaniya infratuzilmasiga ega boʻlgandi.

Ayova, Nyu-Xempshir va Nevada Sandersni prezidentlikka nomzodlik unvonini qoʻlga kiritadigan favorit sifatida koʻrsatdi. U oʻz bazasini 2016-yilgacha ancha kengaytirishga muvaffaq boʻldi, buni nafaqat yoshlar hisobiga, balki AQSHdagi lotin amerikaliklar va oq ishchilar sinfidan boʻlgan saylovchilar hisobiga ham kengaytirdi.

Ammo bu yetarli emas edi: u Kaliforniya, Kolorado, Yuta va Vermontda gʻolib chiqdi, ammo soʻrovlarga koʻra oldinda borgan boʻlsa-da Texasda yutqazdi. Shuningdek, Minnesota va Oklaxoma shtatida 2016-yilda gʻolib boʻlgan boʻlsa, bu yil ushbu shtatlarda ham magʻlubiyatga uchradi. Endi u toʻrt yil oldingidek ahvolga tushdi, katta gʻayrat bilan qoʻllab-quvvatlanmoqda, ammo isteblishmentning favoritiga qarshi turibdi.

PUL

U shubhasiz Blumbergda edi. Savol shundaki, unga nomzodlikni qoʻlga kiritishning oʻzi kifoya qiladimi yoki u ham Janubiy Karolinada magʻlubiyatga uchragach safdan chiqqan yana bir milliarder Tom Steyerga oʻxshab oʻz pullarini havoga sochib yuboradimi? (Tom Steyer 2019-yil 9-iyulda, 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan oʻz nomzodini koʻrsatish uchun kurashga kirishgani haqida eʼlon qilgandi. Siyosiy reklama uchun 123 million dollardan koʻproq mablagʻ sarflagan Tom Steyer 2020-yil 1-mart kuni prezidentlik uchun kurashni tugatishga qaror qildi.)

Ammo Super seshanbadan keyin Blumberg moʻtadil saylovchilar qutqaruvchisidan buzuq aravaga aylanib qoldi va asta-sekin oʻz yoʻnalishini qayta oʻylab koʻrsa kerak (masalan, uning pullari Baydenga foydali boʻlar edi).

Blumbergning “saylovchilarni nomzodning reklamasi bilan koʻmib tashlash — gʻalaba qozonish uchun yetarli boʻladi” degan nazariyasi u uchun falokatli boʻldi. Masalan, Virjiniya shtatida u 18 million dollar sarfladi va toʻrtinchi oʻrinni egalladi, Bayden esa ushbu mablagʻning 2 foizini sarflagan holda birinchi oʻrinni egalladi

HURMAT

Bu orqali Jo Bayden 29-fevral kuni Janubiy Karolinada gʻalaba qozondi. Bayden u yerda partiyaning moʻtadil saylovchilari boʻlgan afroamerikaliklar orasida yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi.

Bir necha kun oldin esa uni Janubiy Karolinaning eng qudratli demokrati Kongressdagi afroamerikaliklarning eng obroʻli shaxslaridan biri Jim Klaybern qoʻllab-quvvatladi. Bu qoʻllab-quvvatlash shunchaki emas, balki demokratik mashina ishlay boshlayotgani haqidagi ogohlantiruvchi belgi edi. Baydenning Janubiy Karolinadagi gʻalabasidan bir necha soat oʻtgach, uchta nomzod – Tom Steyer, Pit Battigig va Emi Klobusharlar poygani tark etishdi, soʻngi ikkisi darhol Baydenni qoʻllab-quvvatladilar.

Agar Bayden nomzodlikni va prezidentlikni yutsa, ular albatta unutilmaydilar. Beto OʼRurkning qoʻllab-quvvatlashi esa Baydenning Texasdagi gʻalabasida hal qiluvchi rol oʻynadi, keyin Alabama, Shimoliy Karolina, Tennessi, Minnesota, Virjiniya, Massachusets, Arkanzas, Oklaxoma va Menshtatlarida ham gʻalaba qildi.

HAMMASINI PARTIYA HAL QILADIMI?

“Hammasini partiya hal qiladi” degan nazariyani va partiya elitalari qandaydir tarzda maqbul nomzodning oldinga chiqishini taʼminlash uchun oʻz harakatlarini muvofiqlashtiradi, degan gaplarni 2016-yilda Donald Tramp yoʻqqa chiqargan edi.

Bu narsa yana amalga oshishi mumkin. Biroq, bir necha oylar davomida demokratik praymeriz, toʻrt yil oldingi respublikachilar praymeriziga oʻxshadi. Oʻshanda respublikachilar bitta nomzod atrofida birlasha olishmagan edi. Bu safar, demokratlar oʻz vaqtida buni tushunib boshqacha harakat qilishlari ham mumkin.

Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, voqealarning ushbu rivoji bizni oʻtgan yil 3-fevral kuni Ayova shtatidagi uchrashuvlar boshlangan paytdagi vaziyatga qaytaradi. Oʻshanda ham Bayden barcha soʻrovlarda yetakchilik qilgan, Sanders ikkinchi oʻrinda edi. Super seshanba bizni shunchaki saylovlarning boshiga qaytarmoqda, ammo endi kamroq nomzodlar bilan.

FINAL

Endi bu faqat ikki kishi oʻynashi mumkin boʻlgan oʻyindir. Bir tomondan kuchli shaxs sifatida tan olingan, tajribali siyosatchi Jo Bayden, u eng avvalo Barak Obamaga yaqinligi; oʻtmish haqida juda koʻp eslashi va Amerikaning dunyodagi obroʻ-eʼtiborini qaytarishni istaydigan siyosatchi sifatida namoyon boʻladi.

Boshqa tomondan, demokrat Berni Sanders, aniqrogʻi, oʻzi belgilaganidek, ”demokratik sotsialist”. Turli lavozimlarga mustaqil nomzod sifatida kirib kelgan va 2016-yildan beri olomonni safarbar qilishga muvaffaq boʻlayotgan autsayder; “ularning pullari boʻlsa, bizda xalq bor” deya xitob qilgan inson; yetarli ish haqi, sifatli tibbiy xizmat, toʻliq taʼlim, arzon uy-joy, toza atrof-muhit va xavfsiz pensiya huquqini oʻz ichiga olgan “21-asr uchun iqtisodiy huquqlar xartiyasi”ni taklif etuvchi siyosatchi.

Joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida Donald Trampga qarshi demokratlar partiyasidan kim nomzod boʻladi? Buni iyul oyida Miluokida boʻlib oʻtadigan partiya syezdida bilib olamiz.

Nurbek ALIMOV,

Xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHda prezidentlikka nomzodlik poygasi: hammasini partiya hal qiladimi?