Pezeşkiyon: Uruş holatida heç bir mamlakat rivojlana olmaydi
Eron Prezidenti Masʼud Pezeşkiyon uruş şaroitida heç bir mamlakat taraqqiy etişi mumkin emasligi, aksinça yetişmovçilik ortişini taʼkidlab, hozirgi mojaro iqtisodiy çeklovni kuçaytirayotganiga eʼtibor qaratdi.
Mamlakatning rasmiy axborot agentligi IRNA yozişiça, u Tehronda bir guruh voiz va ruhoniylar bilan ötkazilgan maslahat uçraşuvida sözga çiqib, iqtisodiy muammolarni bartaraf etiş uçun eng zarur mahsulot va dori-darmon taʼminotini tiklaş, qöşni davlatlar bilan aloqani rivojlantiriş va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaş zarurligini qöşimça qilgan.
Hukumat har qanday şaroitda aholiga zarur isteʼmol tovarlarini yetkazişga majburligini taʼkidlagan yetakçi maxsus strategiya tufayli hozir jiddiy çeklov va muammoga duç kelinmayotganini bildirdi.
A.Mamatov, ÖzA