AQSH va Eron muzokarasining ilk natijasi
Shveysariyaning Byurgenstok shahrida Qatar va Pokiston vositachiligida o‘tgan AQSH va Eron o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokara yakuniga yetdi. Tomonlar 60 kun ichida yakuniy kelishuvga olib boradigan yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib oldi.
Bu haqda “The Guardian” xabar bergan. Shuningdek, muloqotni muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tuzish, Livandagi qurolli to‘qnashuvni to‘xtatish uchun Bayrut ishtirokida alohida ishchi guruh tashkil etish hamda Hurmuz bo‘g‘ozida tijoriy kemalar xavfsizligini ta’minlovchi tezkor aloqa tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim to‘xtamga kelindi.
Eron tomoni ma’lum qilishicha, mazkur diplomatik sa’y-harakat natijasida Tehronning neft va neft-kimyo mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan ba’zi cheklov bekor qilindi, muzlatilgan moliyaviy aktivning bir qismi qaytarildi hamda mamlakatni tiklashga qaratilgan keng qamrovli dastur ishga tushdi.
Elektron shaklda imzolangan va allaqachon kuchga kirgan urushni to‘xtatish hamda dengiz yo‘li xavfsizligini ta’minlashga oid o‘zaro anglashuv memorandumi masalasi hafta yakuniga qadar davom etadigan ekspertlar darajasidagi uchrashuvlarda batafsil muhokama qilinadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA