AQSH va Eron tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda (+video)
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Shveysariyada AQSH-Eron muzokaralari tinchlik kelishuviga erishish uchun yaxshi zamin yaratganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Euronews nashri.
Rasmiylarning aytishicha, Jey Di Vens, Muhammad Bag‘ir G‘olibof va Abbos Arag‘chiy Shveysariyani tark etganidan keyin ham ikki mamlakatning mutaxassislari muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tomonlar bir nechta muhim masalalar bo‘yicha ma’lum darajada kelishuvga yaqinlashgan. Jumladan, jahon energetika ta’minoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi ochiq qolishini ta’minlash mexanizmlari muhokama qilingan. Shuningdek, Hizbulloh harakati o‘rtasidagi mojaroni tartibga solish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
O‘tgan hafta AQSH prezidenti Donald Tramp hamda Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon tomonidan imzolangan vaqtinchalik kelishuv 60 kunlik muzokaralar davrini nazarda tutadi. Bu jarayonda Tehronning yadroviy dasturi kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.
28-fevralda AQSH va Isroil zarbalari boshlanganidan keyin Eron Hurmuz bo‘g‘ozini yopgan edi. Bu esa xalqaro bozorlarda neft va yoqilg‘i narxlarining keskin oshishiga sabab bo‘lgan.
Endilikda vaqtinchalik kelishuv natijasida bo‘g‘oz orqali kemalar harakati tiklana boshladi. Minalardan tozalash ishlari hali to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da, o‘tgan dam olish kunlarida o‘nlab kemalar mazkur suv yo‘lidan o‘tgan.
Eron parlamenti raisi G‘olibof Hurmuz bo‘g‘ozi Tehron nazoratida qolishini, ammo xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqarilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsad dengiz qatnovini to‘liq tiklash va mintaqaviy hamda jahon iqtisodiyotiga barqarorlik qaytarish.
Shu bilan birga, AQSH Moliya vazirligi 60 kunlik maxsus litsenziya chiqarib, vaqtinchalik kelishuv doirasida Eron neftiga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumshatdi. Bu hujjat hatto Eron neftini AQSHga yetkazib berishga ham ruxsat beradi. Neft bozori ham bu yangiliklarga ijobiy munosabat bildirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lQ2WrNuB_QA" title="AQSH va Eron tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov,O‘zA