AQSH - Eron sulhi ortidan neft arzonlashdi
Bir necha oylik keskinlikdan so‘ng AQSH va Eron o‘rtasida ikki hafta o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jahon iqtisodiyoti uchun ijobiy voqea sifatida baholanayotgan bu qadam neft narxi keskin pasayishiga olib keldi.
Bugun Prezident Donald Tramp AQSH va Eron ikki hafta mobaynida harbiy harakatni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi va o‘z bayonotida mazkur kelishuvni “ikki tomonlama sulh” deb atadi.
Bitim tuzilgandan so‘ng neft bozorida mahsulot arzonlashdi: bir barrel uchun “Brent crude oil” 94,43 dollar (13,6 foiz), “WTI crude oil” esa 96,82 dollar (14,3 foiz)gacha pasaydi. Mart oyining o‘zida neft narxi 50 foizdan ortiq oshgan edi.
So‘nggi bir yarim oy davomida to‘qnashuv tomonlari asosan energetika infratuzilmasiga zarba berishga zo‘r berishi jahon energiya bozorida jiddiy xavotir keltirib chiqargan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA