AQŞ – Eron: dastlabki yadroviy kelişuv yaqin
AQŞ va Eron tez orada Qatar va Pokistonning yangi taşabbusi doirasida Tehronning yadroviy dasturi böyiça dastlabki kelişuvga erişişi mumkin. Bitim Islom Respublikasida uranni boyitiş 3,67 foizgaça çeklanişini nazarda tutadi. Bu haqda “Al Arabiya” öz manbalariga tayanib xabar tarqatgan.
– Qatar va Pokistonning yangi taklifi Vaşington hamda Tehron örtasidagi jiddiy muzokara jarayonini qayta jonlantiradi, – deyilgan xabarda. – Tehron AQŞning şartini qabul qildi.
Tomonlar Eron urani boyitiliş darajasini pasaytirişga kelişyapti. Aslida, Vaşington bu miqdorni 60 foizga tuşiriş tarafdori.
Şuningdek, Tehron uşbu jarayonga kömaklaşiş uçun uçinçi davlatni jalb qilişi imkoniyati körib çiqilayotganini aytgan. Bundan taşqari Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) mutaxassislarining Islom Respublikasiga qaytişi şarti işlab çiqilyapti. Binobarin, ekspertlar vakolati doirasi hali aniqlanmagan.
Kelişuvga erişilsa, AQŞ Eronning 6-9 milliard dollar muzlatilgan mablağini qaytarişi mumkin.
Darvoqe, mazkur taşabbus Hurmuz böğozi darhol oçilişi va dengiz qamali bekor qilinişini ham taqozo etadi.
S.Rahimov, ÖzA