Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollari” mavzusida ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.

Samarqand shahrida “ICTWEEK-2022" haftaligi doirasida tashkil etilgan anjuman fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademii Faradey Abutaliyev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi.

Unda ilmiy tadqiqotchi va professorlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini, xususan, raqamli texnologiyalar, ma’lumotlarni tahlil qilish va turli xarakterdagi ob’ektlarni modellashtirish va boshqarish muammolarini hal qilishda mashinali o‘rganishni rivojlantirish va amaliy qo‘llashga doir ma’ruzalar tinglandi.  

Anjuman ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish,  matnlar, tasvirlarni va nutq signallarini qayta ishlash, mashinali o‘qitish va bilimlarni namoyish qilish, raqamli texnologiyalar, algoritmlashtirish, modellashtirish va optimallashtirish kabi sho‘’balarda o‘z ishini davom ettirdi.

Mahalliy olimlar xorijlik hamkasblari bilan birga ta’limda elektron axborot resurslari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish va axborot texnologiyalarini intellektuallashtirish sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qildi.  

An’anaga ko‘ra, anjuman dasturida matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning nazariy va amaliy masalalari bilan bog‘liq tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Ishtirokchilar axborot xavfsizligi tizimlarining modellari va dasturiy-texnik vositalarini yaratish, neft-gaz, mashinasozlik, agrosanoat, telekommunikatsiya, moliya va boshqa sohalarda axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish va iqtisodiy sohalar va ta’limda boshqarishning amaliy tizimlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari haqida fikrlashdi.

Ilmiy-texnik anjuman yakunida ishtirokchilar bugungi kunda mamlakatimizda turli soha tarmoqlarini raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish xususida taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, sho‘balar kesimida eng yaxshi ma’ruzachilar aniqlandi va ilmiy tezisdagi takliflarni loyihalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zA

(B. Meliqulova)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anjuman: raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish