Vatanimiz tarixidagi 13 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1374 yil (bundan 651 yil oldin) – tarixchi olim, akademik Bo‘riboy Ahmedovning yozishicha, Amir Temurning o‘n sakkiz yoshli to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongir va xorazmshoh Husayn So‘fining qizi Xonzodabegim (Sevin beka)ning nikoh to‘yi bo‘ldi. Fasih Ahmad Xavofiyning qayd etishicha: “Xonzoda Hazrati Oliylarini Xorazmdan olib kelib amirzoda Muhammad Jahongir ibn amir Temur ko‘ragonga erga berdilar. Amir sohibqiron Konigilda shu vaqtgacha hech kim ko‘rmagan to‘y qilishni buyurdi.” 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Jahongir Mirzo va Xonzodabegimning nikohidan Muhammad Sulton Mirzo tug‘ilgan. 1376 yilda Jahongir Mirzo vafotidan so‘ng, oradan yetti yil o‘tgach, Xonzodabegim Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh nikohiga kirgan. Mironshoxdan Xalil Sulton Mirzo dunyoga kelgan. Xonzodabegim o‘tkir zehnli, aql-farosatli hamda tadbirkorligi tufayli Amir Temur e’tiborini qozongan. 

1456 yil (bundan 569 yil oldin) – hijriy 860 yil jumodaloxir oyining yettinchisida, chorshanba kuni (milodiy 1456 yil 13 mayda) naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, Abdurahmon Jomiyning piri Sa’diddin Koshg‘ariy vafot etdi. 

1893 yil (bundan 132 yil oldin) – Toshkent shahar Dumasiniig 14-majlisida Eski shahar hududidagi ayrim katta ko‘chalarga mahalliy aholi tomonidan berilgan nomlar tasdiqlandi. Mazkur duma majlisi bayonida “Ko‘cha nomlarini yozma ravishda qonunlashtirish lozim”, deb yozilgan edi. 

Tarixchi Xayriya Bo‘riyevaning qayd etishicha, Dumaning mazkur qarorida ko‘chalarning tasdiqlangan nomlari uzunligi 16 vershok, kengligi 4 vershok o‘lchamli, moviy rangga bo‘yalgan tunukachalarga rus va o‘zbek tillarida yozilib, ko‘chalarga ilib qo‘yilishi lozim bo‘lgan. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, 18 ta ko‘chaning nomi rasmiy tasdiqlangan. 

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – Buxoro hukumati nomidan qo‘shbegi Mirza Nasrullabiy bilan Rossiya temir yo‘llar muhandisi N.A.Kovalevskiy o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi. Bitimda Qarshi-Karki-Termiz temir yo‘li yo‘nalishini Kogondan Shahrisabzgacha yetkazishga N.A.Kovalevskiyning rahbarlik qilishiga ruxsat berilganligi, u Rossiya imperatorining qaroriga va Buxoro amirining ruxsatiga binoan boshqa temir yo‘l jamiyatlari kabi huquqqa ega bo‘lgan jamiyatni shakllantirishi mumkinligi ko‘rsatilgan. 

Tadqiqotchi F.Amonovaning yozishicha, Buxoro qo‘shbegisi va N.A.Kovalevskiy o‘rtasida tuzilgan konsessiyaning muddati 81 yil, temir yo‘l qurilish muddati 3 yil bo‘lib, 1913 yil 13 iyulda Davlat departamenti tomonidan Buxoro temir yo‘lining nizomi tasdiqlangan. Shunisi qiziqki, Amerika Qo‘shma Shtatlari Birinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida Buxoro temir yo‘li qurilishini moliyalashtirishda ishtirok etgan.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkistol Respublikasi hukumatining 243-raqamli buyrug‘i bilan Turkiston ulamolari jamiyati hisoblangan “Sho‘roi ulamo” (“Ulamolar kengashi”) tashkiloti va uning nashri bo‘lgan “Al-Izoh” jurnali faoliyati to‘xtatildi. Tashkilotning mol-mulki sovet hukumati foydasiga musodara qilindi.

1942 yil (bundan 83 yil oldin) – Ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan uchuvchi-kosmonavt, aviatsiya general mayori Vladimir Jonibekov tavallud topdi. Vladimir Jonibekov o‘zining kosmosga qilgan besh parvozi mobaynida kosmosda 145 kun 15 soat 58 daqiqa 29 soniya bo‘lgan. Pomir-Oloy tog‘laridagi mutlaq balandligi 4912 metr bo‘lgan cho‘qqi 1985 yilda “Vladimir Jonibekov cho‘qqisi” deb atalgan. 

1952 yil (bundan 73 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining qarori bilan respublika Sanitariya-epidemiya stansiyasi (SES) tashkil etildi. Shu qaror asosida respublika viloyatlarida ham SESlar mustaqil soha sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya institutini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”, “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining Istanbulda bo‘lib o‘tgan 40-sessiyasida Shahrisabz shahrining tarixiy markazi Xavf ostidagi jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Qo‘mita a’zolari bunga asos sifatida shahar tarixiy markazi yaqinida zamonaviy bino va inshootlarning, jumladan, mehmonxonalar qurilishining va sayyohlik infratuzilmasining haddan tashqari rivojlantirilishi deb ko‘rsatdi. Biroq qo‘mita a’zolarining barchasi ham bu qarorni qo‘llab-quvvatlamadi va YUNESKO huzuridagi Butunjahon merosi markazi hamda Xalqaro tarixiy yodgorliklar va shaharlarni muhofaza qilish Kengashi (ICOMOS) o‘zaro hamkorlikda Shahrisabzga missiya uyushtirishni taklif qildi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temurning to‘ng‘ich kelini o‘zining qaysi fazilatlari sabab Sohibqiron e’tiborini qozongan?