Markaziy Osiyoning tarix zarvaraqlarida nom qoldirgan buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur o‘zining o‘tkir aql-zakovati, noyob yetakchilik qobiliyati va harbiy mahorati bilan jahon tarixida munosib o‘rin egallagan. Sarkardaning hayot yo‘li va davlat boshqaruvi, faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyati bir qator tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan .

Amir Temur shaxsi, ma’naviyati, axloqi bilan bog‘liq nazariy masalalarini ilmiy o‘rganish zaruriyati uning xalq, davlat, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi axloqiy tamoyillarini tahlili bilan bog‘liq. Sarkarda faoliyatida adolatparvarlik muhim o‘rin tutgan. Xususan, “Temur tuzuklari”ning milliy va umumbashariy ahamiyat kasb etishi uning yuksak axloqiy tamoyillarga asoslanganligi ham aynan Sohibqironning adolatga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Adolatparvarlik Amir Temur faoliyatining ahloqiy mezoni sifatida talqin qilingan.

Sohibqiron Amir Temur farzandlari hamda avlodlariga qarata: “Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir”  shior zamiri harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini egallash yo‘lida xizmat qilishlik lozimligini anglatadi.

Bugungi avlod uchun Amir Temur shaxsidagi halollik, jasorat, farosat, matonat, qatiyat kabi ko‘plab axloqiy fazilatlar mavjudki, uni o‘rganish, amal qilishni foydasi va hikmati ko‘p. Jumladan, Amir Temurning vatanparvarlik g‘oyalari, qarashlari va da’vatlarini tahlil qilish o‘quvchilarni axloqiy ta’lim-tarbiya berish rivoji bilan bog‘liq muhim ilmiy xulosalar berishga sabab bo‘ladi. Amir Temur faoliyatidagi harbiy- vatanparvarlik tamoyilining mafkuraviy asoslari bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, Sohibqironning harbiy vatanparvarlikning ahloqiy mohiyatini:

-qatyatli, shijoatli, mas’uliyatli hamda fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalashda Amir Temur siymosining ma’naviy jasorat ekanligi; 

-“Temur tuzuklari”da Amir Temurning ibratli hayoti va faoliyati Vatan mustaqilligini mustahkamlashning progmatik asosi ekanligi;

-yurtimizda va horijda Amir Temurni “Vatanning buyuk xaloskori” sifatida talqin qiluvchi manbalarni o‘rganilganligi;

-sohibqironning madaniyatli, tafakkur doirasi keng, san’atni, adabiyotni yaxshi tushunadigan, vatanparvar va o‘z halqini sevgan shaxs ekanligi kabi axloqiy sifatlar bilan belgilash mumkin .

Amir Temur faoliyatini o‘rganish bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni umulashtirigan holda bugungi kun Vatan himoyachisi uchun qat’iyat, jasurlik, har bir berilgan topshiriqni bajarishda mas’uliyat, fuqarolik burchni ado etishda sadoqatlilik, yurtga mehr va sodiqlik, bag‘rikenglik kabi harbiy vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish muhim deb hisoblaymiz.

Shuni aytishimiz mumkinki, yoshligidan o‘z huzur halovatidan kechib, turli diyorlarni kezib, qancha mashaqqat, sabr-toqat bilan g‘anim kuchini sindirishga erishgan sarkardalarning o‘gitlari bugungi kunning hamma bo‘g‘inlariga oid savollariga to‘liq javob bera oladi.

Z.Sh.Alimardonov,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 
Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash kafedrasi, boshlig‘i p.f.f.dok (PhD) dotsent 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur siymosida harbiy-vatanparvarlik qiyofasi