Joriy yilning avgust oyida Rossiyada “G‘alabaning 50 yilligi” atom muzyorarida xalqaro ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiya bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkent shahridagi 246-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Alina Chembayeva O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Bu haqda “Bilimlar muzyorari” tanlovi g‘olibi Alina Chembayeva quyidagilarni ma’lum qildi: 

– Men xalqaro ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyada “Bilimlar muzyorari” tanlovi g‘olibi sifatida ishtirok etaman. Mazkur loyiha “Rosatom” davlat korporatsiyasi ko‘magida o‘tkazilib, har yili turli mamlakatlardan iqtidorli o‘quvchilarni birlashtiradi. Tanlovning maqsadi esa fanni ommalashtirish, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilg‘or texnologiyalarga qiziqishni kuchaytirishdan iborat. 

Joriy yilda o‘tkazilgan tanlovda Hindiston, Bangladesh, Misr, Xitoy, Qirg‘iziston kabi 20 ta davlatdan to‘rt mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Ekspeditsiyada 65 nafar g‘olib qatnashadi. Ulardan 20 nafari xorijiy maktab o‘quvchilaridir. 

Loyiha haqida ikki yil avval eshitganman. O‘sha paytda “Buyuk tanaffus” tanlovi finalchisi sifatida “Artek”da ta’tilda edim. Shimoliy qutbga ekspeditsiya bo‘yicha ham o‘shanda xabardor bo‘ldim. 

Tanlovning uch bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Men O‘zbekistonning iliq iqlimida o‘sganman va Shimoliy qutbga sayohat qilish g‘oyasi menga umuman mumkin bo‘lmagan narsadek tuyulardi. Hozir esa bu voqelikka aylangan bo‘lsa-da, buning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini hali ham to‘liq anglamadim.

Ekspeditsiyadan kutganlarim ulkan, ya’ni men muzliklar bilan qoplangan cheksiz hududlar, ulkan aysberglarni ko‘rishni va haqiqiy Arktika muhitini his etishni orzu qilaman. Albatta, har qanday bola singari men ham hech bo‘lmasa uzoqdan bo‘lsa ham oq ayiq ko‘rishni chin dildan istayman. 

Ekspeditsiyada bo‘lganlardan ko‘p bor eshitganman. Shimoliy qutbdan inson boshqacha bo‘lib qaytar ekan. Ular dunyoga, o‘zlariga, tabiatga boshqacha nazar bilan qaray boshlashar ekan. Men ham shu tuyg‘uni his qilishni istayman. Yer shari qanday buyuk va bir vaqtning o‘zida qanday nozik ekanini yurakdan his etish niyatim.

Bu men uchun shunchaki sayohat emas, balki ichki kashfiyot yo‘li. O‘ylaymanki, Yerning eng yuqori nuqtasiga yetib borganda, muz va sukunat bag‘rida turib, odatiy narsalarga ham boshqacha nigoh bilan qarash boshlanadi. Atrof-muhit uchun mas’uliyat yanada chuqurroq his etiladi. Qayerga va qanday yo‘nalishda harakat qilishim kerakligini tushunib yetish, faqat o‘zim uchun emas, balki jamiyatga ham foydasi tegadigan inson bo‘lishni istayman. 

Fanga qiziqish faqat kasb tanlash emas, balki dunyoqarash tanlovidir. Ya’ni, izlanishda bo‘lish, savol berish, sabab va oqibatni ko‘ra olish, tanqidiy fikrlash va shu bilan birga, taraqqiyotga ishonchni saqlash demak. Mening fikrimcha, e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlardan biri - atom texnologiyalari sohasi. Chunki bu nafaqat kelajak energetikasi, balki ilmiy yutuqlar inson manfaatiga qanday xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ular energetika, tibbiyot, ekologiya va hatto muzyorarlarning qutbga yetishi kabi sohalarda qo‘llanmoqda. 

“Bilimlar muzyorari” loyihasi esa ilm-fanni hayotga yaqinlashtiradi va uni yoshlar uchun qiziqarli hamda tushunarli qiladi. Bu kabi tashabbuslar yoshlar ham katta ishlarga o‘z hissasini qo‘sha olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Demak, bu safar men uchun katta imkoniyat!

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alina Chembayeva: “Bilimlar muzyorari” menga olam eshiklarini ochdi”