Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan respublika miqyosida "Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV respublika «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik, huquqshunos olim Akmal Saidov tomonidan nashrga tayyorlangan “Lev Tolstoy hikmatlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Lev Tolstoy asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan  tarjimonlar, adabiyotshunos olimlar, pedagoglar, talabalar, jurnalistlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, atoqli huquqshunos olim va jamoat arbobi Akmal Saidov milliy adabiyotimiz, ona tilimizning  bilimdoni, jonkuyari sanaladi. Uning tarixiy shaxslar, jahon faylasuflariga oid asarlari adabiyotshunoslar, kitobxonlar tomonidan doim katta qiziqish bilan kutib olingan.

Taqdimot tadbirida O‘zbekiston Qahramoni, ustoz adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, "Sharq Yulduzi" va "Zvezda Vostoka" nashrlarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf va boshqalar Lev Tolstoyning beqiyos asarlari haqida gapirdi.

Nasihat va tanbeh, favqulodda o‘xshatish va noodatiy yondashuv ruhidagi ushbu hikmatlar zukko kitobxonni bee’tibor qoldirmasligi e’tirof etildi.  

Qayd etilishicha, ushbu nashrda Xitoy falsafiy maktabining asoschilaridan biri, donishmand Lao Szening Lev Tolstoy tomonidan saralangan hikmatlari ham kitobxonlarga havola etilgan.  

Shu bilan birga Tolstoy hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy sanalari, shu bilan birga yozuvchining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari ro‘yxati xronologik tartibda keltirilgan.

“Lev Tolstoy hikmatlari” kitobida Tolstoyning hozirga qadar o‘zbek tiliga tarjima qilingan barcha asarlaridan saralab olingan aforizmlar jamlangan. Har bir badiiy asar hamda uning tarjimoni to‘g‘risida muxtasar ma’lumot berilgan.

Kitob "Yangi asr avlodi" nashriyotida uch ming tirajda chop etilgan.  

N.Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akmal Saidovning "Lev Tolstoy hikmatlari" kitobining taqdimoti o‘tkazildi