Milliy tarbiya va zamonaviy pedagogik yondaşuvlar uyğunligi
Jizzax şahridagi 12-davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbari “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi Mamlakat Ermatova joriy yil mart oyida Xitoyda, noyabr oyida esa Çexiyada ötkazilgan xalqaro anjumanlarda özbek milliy qöğirçoqlari orqali milliy tarbiya tajribasini xorijlik hamkasblariga namoyiş etdi. Mamlakat Ermatova taʼlim sohasida öziga xos yönalişda olib borayotgan işlari hamda safar davomida olgan tajriba va taassurotlari haqida quyidagilarni sözlab berdi:
– Milliy qöğirçoqlar yasaşga qiziqişim bolalikdan boşlangan. Keyinçalik bu qiziqiş pedagogik faoliyatim bilan uyğunlaşdi. Qöğirçoqlar va xalq ertaklari orqali bolalarga milliy qadriyatlarni tanitişga kirişdim. Uşbu usulda ezgulik, mehr-oqibat va hurmat tuşunçalariga alohida eʼtibor qaratdim.

Joriy yil mart oyida Xitoyda ötkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada iştirok etib, Özbekiston maktabgaça taʼlim tizimidagi islohotlar haqida milliy tarbiya usullari va özim yaratgan qöğirçoqlardan foydalaniş tajribamni ham taqdim etdim. Xorijlik iştirokçilar özbekona metodikaga alohida qiziqiş bildirdi. Milliy qöğirçoqlar yordamida taʼlim-tarbiya beriş usuli ularda katta taassurot qoldirdi. Ayrim mutaxassislar uşbu tajribani öz mamlakatlarida ham qöllaş istagini bildirdi. Bu esa milliy qadriyatlarga asoslangan pedagogik yondaşuvlar xalqaro miqyosda ham qiziqiş uyğotişini körsatdi.


Noyabr oyida Praga şahridagi Karlov universitetida öquv maşğulotida iştirok etdim. Unda professorlar Kamila Veverkova va Noemi Bravena maşğulotlarni nazariya hamda amaliyot uyğunligida taşkil etdi. Unda Çexiya maktabgaça taʼlim tizimi, qiyosiy pedagogika va zamonaviy metodikalar, bolalar bilan işlaşning samarali usullari amaliy misollar asosida örganildi. Bu maşğulot kasbiy bilimlarimni boyitiş bilan birga, yangi yondaşuvlarni tahlil qiliş imkonini berdi.
Çexiya tajribasida bolalarning mustaqilligi va tabiat bilan muloqotiga alohida eʼtibor qaratiladi. Öyin orqali taʼlim beriş ham muhim örin tutadi. Italiyada esa ijodiy faoliyat va oila bilan hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Rasm, musiqa va qöl mehnati bolalar qobiliyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.


Xorijiy safarlardan maqsad faqat boşqa mamlakatlar tajribasini kuzatiş emas. Ularning samarali jihatlarini özlaştiriş ham muhim vazifadir. Ayniqsa, bolalar mustaqilligini rağbatlantiriş, öyinga asoslangan taʼlim va ijodiy maşğulotlarni takomillaştirişga eʼtibor qaratmoqçiman. Biroq har qanday yangilik milliy mentalitet va tarbiya anʼanalariga mos bölişi kerak.
Rahbarligim ostidagi Jizzax şahridagi 12-davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida bu borada muayyan tajriba töplangan. Muassasaga rahbarlikni boşlaganimda bino qarovsiz holatga kelib qolgan edi. Ilgari paxta mavsumida vaqtinçalik boğça sifatida foydalanilgan maskanni qayta tiklaşga kirişdik.


Jamoamiz bilan binoda obodonlaştiriş va zarur taʼlim muhitini yaratiş işlarini bajardik. Dastlab xonalarni bezaş uçun turli buyumlarni özimiz tayyorladik. Keyin bu taşabbus bolalar iştirokidagi ijodiy maşğulotlarga aylandi. Qöl mehnati orqali ularning yaratuvçanligi va mustaqilligini rivojlantirişga harakat qildik.
Bugun maktabgaça taʼlim sohasidagi islohotlar ham aynan şunday sifat özgarişlarini talab etmoqda. Maktabgaça taʼlim tizimidagi islohotlar Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgaça taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan yangi bosqiçga kötarildi. Unda “Yangi avlod” maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarmoğini taşkil etiş nazarda tutilgan. Öyinga asoslangan taʼlimni joriy etişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.


Bu vazifalar ijrosi, avvalo, pedagog kadrlar salohiyatiga boğliq. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi qarori ham şu maqsadga xizmat qiladi. Hujjatda xalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlaş tizimi belgilangan. Jumladan, amaldagi pedagoglar uçun dual taʼlim mexanizmlari joriy etilmoqda. Bu nazariy bilimlarni bevosita iş tajribasi bilan mustahkamlaş imkonini beradi.
Xorijda körgan va örganganlarimni muassasamiz faoliyatiga bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş niyatim bor. Bunda milliy qöğirçoqlar va xalq ertaklari orqali tarbiyalaş usulini yanada boyitişni maqsad qilganman. Şuningdek, xorijiy tajribadagi bola mustaqilligi, ijodkorligi va oila bilan hamkorlikka oid samarali yondaşuvlardan foydalanmoqçiman.

Zero, zamonaviy taʼlim milliy özlikdan uzilmasligi kerak. Aksinça, ilğor xorijiy tajriba milliy qadriyatlar bilan uyğunlaşganda, uning amaliy samarasi ortadi. Özbek milliy qöğirçoqlari orqali xorijda namoyiş etilgan tajriba ham şu fikrni tasdiqlaydi. Milliy tarbiya va zamonaviy pedagogik yondaşuvlar uyğunligi kelajak avlod kamolotiga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov yozib oldi.
ÖzA