Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, jamiyatning eng ildam va faol qatlami. Ular yangicha fikrlaydi, yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiradi, ulkan maqsadlarga intiladi.

Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da boshlangan “Akademik va yoshlar” nomli uchinchi an’anaviy anjuman aynan yoshlarni yuksak bilim cho‘qqilariga eltuvchi tadbir sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Unda mamlakatimizda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni hozirlash, ilm-fan va yoshlar siyosatini uyg‘unlashtirish, yetuk akademiklar va istiqbolli yosh olimlar o‘rtasida ilmiy muloqotni mustahkamlash, so‘nggi fan yutuqlari va innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qilishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi. 

Namangan davlat texnika universiteti tashabbusi, respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida uyushtirilgan mazkur nufuzli ilmiy-ma’rifiy tadbirda 20 dan ziyod akademiklar, taniqli fan arboblari, yurtimizdagi yetuk olimlar, Oliy Majlis Senati a’zolari hamda Qirg‘iz Respublikasi va Tojikistondan tashrif buyurgan akademiklar, xorijiy davlatlarning o‘nga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.

Anjumanning tantanali ochilishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori, professor Shavkat Solihov, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla A’zamov, Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti professori, tarix fanlari doktori Ahmadali Asqarov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bahrom Abdullayev, Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Muhammadjon Mamasaidov, Tojikiston texnologiya universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Abdushukur Nazarov “Ilm-fansiz kelajak yo‘q” g‘oyasi asosida rejalar ishlab chiqish, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish, barcha sohalarga ilmiy g‘oyalarni hayotga tatbiq etish borasidagi qimmatli fikrlarini bayon etdi.

[gallery-23632]

Qayd etilganidek, akademiklarni yoshlarga tanishtirish, ularning faoliyati va ilmiy ishlarini keng targ‘ib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalarga ilmiy jihatdan rag‘bat va turtki berish, iste’dodli ilmiy xodimlarning faoliyati va tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan salmoqli ishlar qilinmoqda.

– Yurtimiz va Markaziy Osiyo davlatlarida katta tajribaga ega bo‘lgan akademiklar bilan bir davrada o‘tirish biz yoshlarga ham sharaf, ham mas’uliyat bag‘ishlamoqda. Har bir spikerning chiqishi, ma’ruzalarda ko‘tarilgan dolzarb masalalarni diqqat bilan tingladik, – deydi Namangan davlat texnika universiteti manzarali bog‘dorchilik va landshaft dizayni yo‘nalishi magistranti Fotimajon Qambarova. – O‘zim ham ko‘plab tengqurlarim qatorida yosh izlanuvchi sifatida ilmiy loyihalarda qatnashib kelaman. Xususan, bolalar bog‘chalarining innovatsion landshaft dizaynini yaratish bo‘yicha loyiham tanlovda ikkinchi darajali diplomga munosib ko‘rildi. Natijada, loyiham bo‘yicha amaliy ishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tatbiq etiladi. Kelgusida bu boradagi intilishlarimni izchil davom ettirishga intilaman. 

Anjuman dasturiga muvofiq, Namangan viloyatida joylashgan yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga bag‘ishlangan muhokamalar o‘tkaziladi. “Ishlab chiqarish-Fanlar akademiyasi-oliy ta’lim” zanjiri yaratilib, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mustahkamlanadi.

Qolaversa, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchilar bilan akademik va professor olimlari uchun Namangan viloyatining diqqatga sazovor manzillari – tarixiy obidalar va turistik ob’ektlar bo‘ylab sayohatlar rejalashtirilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy tekshirish institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda faol hamkorlik ishlarini olib borish, tadqiqotlarni birgalikda o‘rganish, stajirovkalar uyushtirish, fundamental va amaliy grant loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlovlarda birgalikda qatnashish, ilmiy amaliy anjumanlar o‘tkazish, dunyoning nufuzli ilmiy institutlari bilan do‘stona aloqalarni yanada kengaytirish hamda fizika fanini o‘qitish bo‘yicha Namangan tajribasini keng ommalashtirish maqsad qilingan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademiklar namanganlik yoshlar bilan uchrashdi