Vatanimiz tarixidagi 30 aprel sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1861 yili (bundan 164 yil oldin) – Qo‘qon xonligi elchisi Xo‘ja Sudur Usmoniylar hukumatidan Rossiya imperiyasi bilan muzokaralar olib borishni hamda ruslarga ta’sir ko‘rsatib, Qo‘qon xonligi hududlariga hujum qilishdan to‘xtatishni so‘radi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Usmoniylar Qo‘qon xonligi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab turgan bo‘lsa-da, amalda hech qanday yordam ko‘rsatmagan.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibidagi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Respublika aholisi 5 million kishini tashkil etgan. Uning poytaxti etib Toshkent shahri belgilangan.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Butun Xorazm Xalq vakillari birinchi qurultoyining oxirgi majlisida – kirish so‘zi, 13 bob, 37 moddadan iborat bo‘lgan – Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Xorazm tarixidagi birinchi Konstitutsiya bo‘lib, unda ilk marotaba keng xalq ommasining siyosiy huquqlari tenglashtirildi.

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – kimyogar olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov tavallud topdi (vafoti 2020 yil). U 50 dan ortiq yangi monomerlarning polimerlanish kinetikasi va mexanizmini o‘rganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzanjirli plastmassalarni barpo etgan.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining yig‘ilishida qorako‘lchilik sohasi uchun kadr tayyorlovchi institut va Qorako‘lchilik ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qorako‘lchilik sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar asosan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti zootexnika fakultetida tayyorlandi.

1935 yil (bundan 90 yil oldin) – geolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Fayzulla Usmonov tavallud topdi (vafoti 2008 yil). U Ye.E.Rahimova bilan hamkorlikda birinchi marta Yer yo‘ldoshlaridan olingan ma’lumotlar bo‘yicha geologik ob’ektlarda minerallarni miqdoriy aniqlashning nazariyasi va uslublarini yaratdi.

Fayzulla Usmonov statistik nazariy taxlil asoslarini va konlarni bashorat qilish uchun yangi matematik usullar tavsiya qildi va ular asosida kompyuter dasturlar majmuasini va “Geoanaliz” nomli kompyuter axborot tizimini yaratdi.

1960 yil (bundan 65 yil oldin) – O‘zbekiston hukumati qaroriga asosan Tuyabo‘g‘iz suv omboriga “Toshkent dengizi” nomi berildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilgan. Suv ombori Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilashga imkon berdi.

1964 yil (bundan 61 yil oldin) – Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumani tashkil etildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, tumanning nomi hisoblangan “sardoba” so‘zi fors tilidan olingan. U usti gumbaz shaklidagi g‘isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy hovuz ma’nosini anglatadi. Qadim zamonda suvsiz yerlarda, cho‘llarda, karvon yo‘llarida g‘ishtdan qurilgan usti yopiq hovuzning nomi shunday bo‘lgan.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – Toshkent metropoliteni ikkinchi yo‘lining oxirgi liniyasi – “Tinchlik” va “Beruniy” stansiyalari foydalanishga topshirildi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki a’zosi bo‘ldi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – Toshkentda Germaniya elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Braziliya Federativ Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Xalqaro dasturining asosiy qoidalariga muvofiq hamda narkotik moddalarga qarshi kurash olib borish ishlarini muvofiqlashtirish va O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzildi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Oila va Yer kodekslari tasdiqlandi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9 mayni Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – Jizzax viloyatidagi Yangiobod tumani tashkil etildi. Tuman hududida Xo‘jamushkent bobo, Rustam bobo, Sayidon Aziz, Changaul kabi ziyoratgohlar bor.

2004 yil (bundan 21 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangilangan Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi. 1992 yili qabul qilingan, bir necha bor tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan Konstitutsiyamiz 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat edi. Yangilangan Konstitutsiya esa 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan tashkil topgan. Mavjud 64 moddaga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. 16 normani o‘z ichiga olgan 6 ta tamoman yangi modda qo‘shildi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Fayzulla Usmonov tavalludiga 90 yil to‘ldi