Huquqiy munosabat
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish ular nikohda bo‘lgan davrda, nikohdan ajrashgandan keyin, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Unda qaysi vaziyatlarda er-xotinning umumiy mulki teng bo‘linmasligi mumkin?
Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Javohir Eshonqulov quyidagicha tushuntirish berdi:
–O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko‘ra, er va xotinning nikoh davrida orttirilgan umumiy mol-mulki ularning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki nizoli holatlarda sud orqali bo‘linadi.
Sud mol-mulkni bo‘lishda quyidagilarga e’tibor beradi. Jumladan, er-xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligi, agar kimdirga ko‘proq qiymatdagi mol-mulk ajratilsa, boshqasiga kompensatsiya belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan buyumlar bo‘linmaydi, bolalar bilan qolgan ota-onaga kompensatsiyasiz beriladi, nikohdan keyin orttirilgan, ammo alohida yashab, umumiy mablag‘siz olingan mulklar shaxsiy deb topilishi mumkin.
Agar er-xotindan birining mablag‘i yoki mehnati hisobiga ikkinchisining mol-mulki sezilarli oshgan bo‘lsa, u ham umumiy mulk sifatida bo‘linadi.
Sud zarur hollarda, da’vogar foydasiga teng ulushdan bo‘lishi mumkin.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA