Ahmadjon Meliboyev: ikki xalq do‘stligiga tutashgan ijod yo‘li(+video)
Ikki qardosh xalqning madaniy ko‘prigi. Qirg‘iziston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan Ahmadjon Meliboyevning noyob hayot yo‘li, jurnalistikaga kelishi va Chingiz Aytmatov merosiga munosabati.
Ahmadjon Meliboyevning hayot va ijod yo‘li ikki qardosh xalq — o‘zbek va qirg‘iz xalqlari bilan chambarchas bog‘liq. Qirg‘izistonning Safed-Bulon qishlog‘ida tug‘ilib, 1969-yilda jurnalistika sohasida tahsil olish uchun Toshkentga kelgan ijodkorning katta jurnalistikaga kirib kelishi ham o‘ziga xos hikoya. U yillar davomida nafaqat jurnalistika va publitsistika sohasida samarali ijod qildi, balki ikki xalqning adabiy va madaniy aloqalarini yaqinlashtirishga ham hissa qo‘shdi.
Bugungi suhbatimiz davomida Ahmadjon Meliboyev jurnalistikaga qanday kirib kelgani, Chingiz Aytmatov ijodiga bo‘lgan qiziqishi va buyuk adib merosini o‘rganish borasidagi izlanishlari haqida gapirdi. Qirg‘izistonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan ijodkor ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarning murakkab davrlari, keyinchalik qayta tiklangan bordi-keldilar, adabiyot va madaniyatning insonlarni yaqinlashtirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA