Aforizmlarni milliy korpus uchun tanlash tamoyillari
Dilnoza Xolmirza qizi TASHPULATOVA o‘qituvchi Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston dili_xalmirzayevna@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada aforizmlar va ularning milliy korpusda berish tamoyillari, bir tilli va ko‘p tilli aforizmlar lug‘atini shakllantirish mezonlari, internet tizimidan qidirish va foydalanish uchun qulay variantlarini tanlash mexanizmlarini ishlab chiqish, aforizmlarni milliy korpusda berishning mavzulashtirilgan shaklidan foydalanish afzalliklari haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: aforizm, milliy til korpusi, sun’iy intellekt, bir tilli va ko‘p tilli aforizmlar lug‘ati, kontekst, mavzulashtirish.