“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi vakillari Afg‘onistonning Kobul shahrida bo‘lib o‘tgan “Made in Uzbekistan“ xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
“Made in Uzbekistan“ doimiy faoliyat yurituvchi shourumida uyushmaning stendi tashkil etilib, unda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va ”O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar mahsulotlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma doirasidagi uchrashuvlarda afg‘onistonlik hamkorlar bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tizim korxonalari o‘rtasida 20 million dollarlik shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, afg‘on tadbirkorlari bilan hamkorlikda ipak va jundan gilam to‘qishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA