Adliya vazirligi davlat organlari ichida birinchilardan bo‘lib korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ISO 37001 standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

Ushbu sertifikat muddati uch yil bo‘lib, o‘tgan davrda vazirlikda shakllantirilgan korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi qanday natija ko‘rsatdi?

Bu savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi:

– Albatta, ijobiy natijaga erishildi. Shu sababli Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi joriy yilning sentyabr oyida “CERT International” tomonidan ISO 37001 xalqaro standarti bo‘yicha qayta auditdan o‘tkazildi. Audit natijalariga ko‘ra, vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi samarali, deb baholandi. Sertifikat muddati esa yana uch yilga uzaytirildi.

Korrupsiyaga barham berishning muhim sharti bo‘lgan ochiqlikni ta’minlashga e’tibor kuchaytirildi. To‘lovlar miqdori haqida infografika va roliklar ko‘rinishida DXM va FHDYO bo‘limlari binolaridagi teleekranlar hamda tizim ijtimoiy tarmoqlarida fuqarolarga ma’lumotlar berib borish amaliyoti kuchaytirildi.

DXMlarda pullik xizmatni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida to‘lov miqdorlarini rasmiylashtirilgan arizaga ulash imkoniyati yaratildi. Adliya organlari va muassasalarida byudjet mablag‘larini boshqarish va unda ishtirok etish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar uchun “UzASBO” dasturiy majmuasidan foydalanish tartibi ishlab chiqildi.

Adliya vazirligi tizimiga ishga qabul qilinadigan nomzodlarni qonunchilik talablariga muvofiq qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan elektron hujjat almashish shaklida kompleks o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini oldi.

Adliya vazirligi faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari o‘tkazilib, vazirlik, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida 24 banddan iborat korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dasturda belgilangan vazifalarning 5 tasi ijro etildi, qolgan vazifalar ijrosini ta’minlash davom ettirilmoqda.

Hisobot davrida aloqa kanallari orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari yuzasidan jami 137 murojaat va xabarlar kelib tushdi. Shundan, 95 tasi “antikorbot” telegram kanali orqali hamda 42 tasi boshqa aloqa kanali orqali kelib tushgan murojaat va xabarlarni tashkil etdi.

Ularni o‘rganib chiqish natijasida 15 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shundan 6 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi hamda 118 nafar xodim bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga muvofiq, faoliyat ko‘rsatilishi ustidan komlayens tekshiruvlar o‘tkazildi. Xususan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish yo‘nalishlari komplayens tekshiruvidan o‘tkazilib, aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida xizmatlarni raqamlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha bir nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 24 nafar xodimga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shuningdek, 17 nafar xodim bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Bundan tashqari, uchta hududiy adliya boshqarmalari tizimidagi tuman (shahar) adliya, FHDYO bo‘limlari va davlat xizmatlari markazlarida xodimlarning faoliyati komlayens tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rildi. Shuningdek, aniqlangan holatlar bo‘yicha hududiy adliya boshqarmalari tizimidagi 14 nafar xodimga “hayfsan”, 24 nafar xodimga nisbatan jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligida joriy etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi qanday samara bermoqda?