Davlatimiz rahbarining Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir, adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishga oid qaror va farmonlari ijrosi qanday bajarilmoqda?

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayot Qilichev AOKAda o‘tkazilgan brifingda shu kabi savollarga javob berdi: 

– Adliya vazirligi va uning tizimlarida aholining huquqiy himoyasi va manfaatlariga xizmat qiladigan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 408 normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, tashabbus bilan 77 yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33 taga ko‘p loyiha ishlab chiqildi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali 28 yangi xizmat turlari joriy qilinib, ularning jami soni 437 taga yetkazildi. 122 ta xizmat tartib-taomil, 30 ta xizmat “3 qadam” va “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyil asosida soddalashtirildi. 6 milliondan ziyod (2024 yilda 4,3 million) davlat xizmati ko‘rsatildi.

“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 635 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 320 mingdan yoki 50 foizdan ortig‘i hal etildi. 166 ming fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatilib, 15 mingdan ortiq protsessual hujjat loyihalari tayyorlab berildi.

Joylarda 355 mingdan ziyod huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Kelib tushgan 43 mingta murojaatning 77 foizi qonuniy hal etildi. 
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 21 mingdan ortiq davlat tashkilotining 2,4 milliondan ziyod hujjat loyihasiga, 2024 yilga nisbatan 700 mingtaga yoki 41 foizga ko‘p huquqiy xulosa berildi. Huquqiy xulosa berish vaqti qariyb 3 baravarga tezlashdi. 
Vazirlik tashabbusi bilan sun’iy intellekt asosida davlat xizmatlari masalalariga javob topishga ko‘maklashadigan «Odil» chat-boti ishga tushirildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (loyiha.adliya.uz)da tartibga solish ta’sirini baholash moduli yaratildi.

Huquqiy axborotni yetkazish raqamlashtirilib, barcha qonunchilik hujjatlarini joylardagi rahbarlar va mas’ullarning shaxsan tanishishi uchun Yagona huquqiy axborot almashish tizimi Idoralararo hujjat aylanish (edo.ijro.uz) tizimiga integratsiya qilindi. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya: aholiga 6 milliondan ziyod davlat xizmati ko‘rsatildi