Ta’lim sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekistonda xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazish ibratli an’anaga aylandi.

Bu esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi va qiziqishini kuchaytirish, ularning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini xorijlik tengdoshlari bilan taqqoslash uchun ham o‘ziga xos imkoniyatdir.  

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Fan olimpiadalari markazi tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvi do‘stlik, ma’rifat, izlanish, mahorat bayramiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur olimpiada g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro bilimlar bellashuvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizda ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda.

Olimpiadada dunyoning 13 ta mamlakati — Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar (28 ta jamoa) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiadaning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibiga Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Belarus va Angliya kabi xorijiy mamlakatlardan xalqaro olimpiadalar sohasida ko‘p yillik tajriba va yuqori salohiyatga ega ekspert-mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekistondan akademik unvonga ega professorlar jalb etildi.

Olimpiada ikki bosqichda tashkil etilib, birinchi turda amaliy (laboratoriya) ish shaklida topshiriqlar bajarilgan bo‘lsa, ikkinchi tur yozma ish (nazariy) tarzida bo‘lib o‘tdi.

[gallery-23752]

Olimpiada doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun xalqaro mutaxassislar ishtirokida bir qator mahorat darslari o‘tkazildi.

Shuningdek, olimpiada ishtirokchilari va mehmonlar uchun Toshkent va Samarqand shaharlarining tarixiy va madaniy ob’ektlariga sayohatlar tashkil etildi. Ular yurtimizning madaniy va ma’rifiy merosi bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur olimpiada kimyo fani bo‘yicha joriy yilning iyul oyida o‘tkaziladigan Xalqaro kimyo olimpiadasiga navbatdagi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi natijalariga ko‘ra, 12 nafar o‘quvchi oltin, 24 nafar o‘quvchi kumush, 33 nafar ishtirokchi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Tantanali tadbirda g‘oliblar taqdirlandi.

Nazokat Usmonova,

Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi