Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari barcha zamonlarda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmaydi. Uning ma’naviy merosi avlodlar ta’lim-tarbiyasi uchun boy xazinadir.

Ma’rifatparvar shoir, pedagog, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavallud topgan kun munosabati bilan O‘zMTDPning Toshkent shahar kengashi tomonidan tadbir tashkil qilindi.  

Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarni belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, jadidchilik harakatining faol ishtiroki haqida gapirdi.  

Ta’kidlanganidek, XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlardan biri maktab-o‘quv ishlaridagi o‘zgarishlar bo‘ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo‘shilib, yangi usulda maktablar ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. Avloniy Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, fizika fanlarini kiritdi.  

Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” nomli darsliklari, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Gulistoni maktab”, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitildi. “Turon” nomli teatr to‘garagini tashkil etdi.  

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Abdulla Avloniyning yodgorlik muzeyida ham bo‘lishdi. 1910-34-yillarda A.Avloniyning o‘zi yashagan xonadonda O‘zbekiston kitobsevarlar jamiyati tashabbusi bilan Avloniy uy-muzeyi tashkil etilgan. Muzeyda jami 682 ta eksponat bor. Muzey yodgorlik va adabiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, unda Avloniyning shaxsiy buyumlari, o‘zbek hamda rus tillaridagi kitoblari, pedagogik, ma’rifatparvarlik, jurnalistik va adabiyot sohasi hamda ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq fotosuratlar, hujjatlar, kitob va jurnallar saqlanmoqda. Tashrif davomida ishtirokchilar mavjud eksponatlar bilan tanishdilar.  

Muhtarama Komilova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdulla Avloniy – ta’lim va ma’rifatga bel bog‘lagan jadidchilik vakili