Xitoy avtomobillari Yevropa bozorini egallamoqda
Parij avtosalonida Xitoyning rekord daraja ko‘p – 20 brendi yevropalik gigantlarni jiddiy tashvishga solmoqda.
Ortib borayotgan savdo to‘sig‘iga qaramay, BYD, “Chery”, “Aito”, “Avatr” kabi Chin kompaniyalari elektron hamda gibrid modellari orqali Yevropa bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda.
AQSH bozori yopiqligi va mamlakatda talab pasaygani sababli, Xitoy ishlab chiqaruvchilari asosiy e’tiborni ko‘hna qit’aga qaratib, ikkinchi chorakning o‘zida Yevropa bozoridagi ulushini 10,7 foizga yetkazdi. Shu tariqa o‘tgan asr 70-yillaridan beri shu bozorni ta’minlagan yapon raqobatchilari ham ortda qoldirildi.
Endi yevropalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘z maydonida investor va xaridorlarni saqlab qolish uchun yangi modellar taqdim etishga majbur bo‘lmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA