O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan hamkorlikda taniqli shoir va publitsist G‘ulom Mirzoning “Ey, darvesh (Zulmni yenggan mazlumlar qismati)” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasida  xizmat ko‘rsatgan jurnalist, kitob muallifi G‘ulom Mirzo qatag‘on qurbonlari mavzusi ilmiy izlanishlarni muttasil davom ettiradigan yo‘nalish ekanini ta’kidladi. 

Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va merosini chuqur o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu jarayonda Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning erkin va ozod, kelajak avlodlarning tinch, to‘kin hayotini ta’minlash orzusida mardona kurashib, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ulug‘ ajdodlarimiz faoliyati va merosini targ‘ib etish muhim vazifalardan sanaladi. 

Prezidentimizning 2020  yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi sohaga oid ishlarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini berdi. 

Ular nomini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tashkil etildi. bugungi kunda siyosiy qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomini aniqlash, ular merosini o‘rganish, keng jamoatchilikka  yetkazishga oid ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy-hujjatli asarlar yaratmoqda. 

Yaqinda “Mashrab” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Ey, darvesh (Zulmni yenggan mazlumlar)” nomli kitobi ham ayni shu mavzuda yozilgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va tarjimon G‘ulom Mirzo qalamiga mansub qissa tarixiy hujjatlar va shaxsiy xotiralar asosida bitilgan. 

Ma’lumki, XX asr 50-yillaridagi “iliqlik davri”da katta qatag‘on qurbonlari orasidan ayrim taniqli ziyolilarnigina qisman oqlash yo‘lidan borilgan. Buning sababi shuki, agar o‘shanda nohaq qatag‘on etilgan millionlab oddiy kishilar ham yalpi oqlab yuborilsa, sovetlar tuzumi zulmkor bo‘lgani to‘g‘risidagi haqiqatlari ochilib qolar, oqibatda xalqning ishonchsizligi va noroziligi kuchayib ketishi mumkin, deb qaralgan. 

Oqibatda “xalq dushmani” degan soxta ayblov bilan qatag‘onga duchor etilgan ushbu kitob qahramonlari – ota-bola Mirza To‘layev va Abdirayim Mirzayevning oqlanishi uchun 70 yil vaqt kerak bo‘ldi. Bunga qadar esa sovet davrida dinu e’tiqodida mustahkam turgan Mirza So‘fi bobo – 10 yil, o‘g‘li Abdirayim bobo – 6 yil qamoq jazosini GULAG – Axloq tuzatish mehnat koloniyalari bosh boshqarmasining mehnat-tuzatish lagerlarida to‘la o‘tab qaytganlar. Afsuski, ota ham, o‘g‘il ham aynan qaysi manzilda jazo o‘taganini hech qachon hech kimga ochiqlamagan. 

Ushbu kitob muallifining 2018 yil dekabridagi murojaati asosida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan 1949 yili qatag‘onga uchragan M.To‘layev va A.Mirzayevga nisbatan inson huquqlari qo‘pol buzilganligi holatlari yuzasidan xulosa tayyorlandi. Shu asosda va arxiv hujjatlariga tayangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga protest kiritdi. 

Harbiy sudning kassatsiya instansiyasi sudlov hay’ati 2019 yil 30  dekabrda M.To‘layev va A.Mirzayevlarga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi. Ota-bolalar vafotidan so‘ng aybsiz deb topildi va oqlandi. Yetmish yildan so‘ng ushbu insonlarga nisbatan adolat qaror topdi. 

Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning insonparvar siyosati tufayli yurtimizda mustabid sho‘rolar tuzumi davrida qatag‘on qilingan vatandoshlarimizning pok nomlarini oqlash, ular xotiralarini abadiylashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarga birgina misoldir. 

Taqdimot marosimida kitobning yaratilishi tarixi va sabablari, hujjatlar bilan ishlashga oid savollarga batafsil oydinlik kiritildi. 

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
70 yilda tiklangan haqiqat yoxud zulmni yenggan mazlumlar