Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 7 oyida 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 155 ta edi.

Jami 262,2 million marta yo‘lovchi tashish amalga oshirilgan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi 5 trillion so‘mdan oshdi. O‘rtacha bitta chek 19 ming 77 so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilda 18 ming 456 so‘mni tashkil etgan.

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar shug‘ullanmoqda. Agregatorlar orqali 3 million 480 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekistonda 2 iyundan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari daromadlari yillik 100 million so‘mdan oshganda, ular uchun soliqlarni onlayn taksi agregatorlari to‘laydi.  

Xabarda qayd etilishicha, 7 oy davomida taksi xizmatini ko‘rsatgan 1,8 ming haydovchi 100 million so‘mdan ortiq daromad olgan. 7 oyda agregatorlar 98,8 milliard so‘m soliq to‘ladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
7 oyda 1,8 ming taksi haydovchisi 100 million so‘mdan ortiq daromad olgan