Dual ta’limning yangi tartiblari qanday?
2026-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoniga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Mazkur tizim “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi. Dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan har yili 1-sentabrga qadar belgilanadi.
Dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi. Bunda nomzodlar korxonaning yo‘llanmasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi. Texnikumlarning oliy ta’lim bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual ta’lim shaklida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2 yoki 3-kursidan o‘qishini davom ettirishga ruxsat beriladi.
Dual ta’limda o‘quv jarayonining kamida 30 foizi nazariy ta’limga ajratiladi, qolgan qismi esa amaliy tayyorgarlik asosida tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ishtiroki CareerEdu platformasi orqali monitoring qilib boriladi.
Talabalar o‘qishini dual ta’lim shaklidan ta’limning boshqa shakllariga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, faqat o‘zgartirishga korxona bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
M.Komilova, O‘zA