Sirdaryo viloyatida 398 ta xususiy va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan keng qamrovli sanitariya tekshiruvlari natijasida qator qoidabuzarliklar aniqlandi.

Tekshiruvlar viloyat hokimligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirildi. Uning asosiy maqsadi  –  xususiy bog‘chalarda bolalar salomatligi va xavfsizligiga daxldor sanitariya-gigiyena talablariga qay darajada amal qilinayotganini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tekshiruvlar davomida ko‘plab muassasalarda bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, 60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari  yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ayrim muassasalarda xodimlar va bolalar belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani, yotoq choyshablarining eskirgani, ayrim xonalar va eshiklar ta’mirtalabligi ham qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar asosida bir qator bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu chora, mas’ullarni kamchiliklarni bartaraf etishga majbur qilish hamda bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishni ta’minlash maqsadida ko‘rildi.

– Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sanitariya norma va me’yorlarini buzgan 329 nafar mas’ul shaxsga nisbatan sud organlari tomonidan umumiy 333 million 480 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Hasanov. – Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan ilgari ham xususiy bog‘cha rahbarlari uchun sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazilgan edi. Shunga qaramay, ayrim tashkilotlarda hali ham talablarni buzish holatlari saqlanib qolgani ta’kidlandi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bolalar sog‘lomligi — jamiyat sog‘lomligi demakdir. Shu bois, sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etish barcha ta’lim muassasalari uchun, ularning mulk shaklidan qat’i nazar, majburiy hisoblanadi.

Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, nazorat ishlari viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
398 ta xususiy bog‘chada sanitariya talablari buzilgani aniqlandi