370 ta holatda 9 ming 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi
Energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va energetika obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlaş muhim. Bu borada ötkazilayotgan nazorat tadbirlarida qoidabuzarliklarning oldini oliş, noqonuniy holatlarga çek qöyiş hamda fuqarolar murojaatlarini xolisona örganişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu haqda "Özenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navröz Norboboyev quyidagilarni maʼlum qildi:
– Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi energetika obʼektlarida taʼmirlaş işlarining borişi örganilmoqda. Jumladan, Kegeyli tumanidagi 316-sonli transformator punktida 0,4 kV havo tarmoğini tortiş işlarini bajarayotgan brigada faoliyati tekşirilganda, xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgani aniqlandi. Natijada işçilar iş joyidan çetlaştirildi.
Nazoratning yana bir muhim yönalişi isteʼmolçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş bilan boğliq. Bu boradagi örganişlar ayrim hollarda hisob-kitoblarni qayta körib çiqiş hamda asossiz tölovlarni bekor qiliş imkonini bermoqda. Masalan, Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi "Buyuk Turon" MFYda fuqaro M.H.ga qaraşli bino uçun tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari buzilgani yuzasidan hisoblangan 316,4 million sömlik jarima qayta örganildi. Tekşiruv davomida qöllanilgan uç koeffitsiyent çegirilib, qayta hisob-kitob amalga oşirildi. Natijada fuqaroga nisbatan ortiqça hisoblangan tölov bekor qilindi.
Biroq isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qiliş bilan bir qatorda, energiya resurslaridan özboşimçalik bilan foydalanişga qarşi kuraş ham dolzarbligiça qolmoqda. Buning yaqqol misolini Farğona viloyatida ötkazilgan nazorat tadbirida köriş mumkin. "Hududgaz Farğona" GTF bilan hamkorlikdagi tekşiruvda Marğilon şahrida fuqaro I. B. ga qaraşli binoda gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi. Hisob-kitoblarga köra, buning oqibatida gaz taʼminoti korxonasiga 114 million sömlik zarar yetkazilgan.
Gaz bilan boğliq qoidabuzarliklar faqat tarmoqqa ruxsatsiz ulaniş bilan çeklanmayapti. Aholiga möljallangan suyultirilgan gaz ballonlarining noqonuniy muomalaga kiritilişi ham jiddiy muammolardan biri bölib qolmoqda. DXX, BP, IIV, FVV, "Özenergoinspeksiya" hamda "Hududgaztaʼminot" AJ xodimlari iştirokida ötkazilgan qöşma tadbirlarda bunday holatlarning bir neçtasi foş etildi.
Gaz ballonlarini belgilangan xavfsizlik talablariga zid ravişda köp miqdorda saqlaş yonğin va portlaş xavfini keltirib çiqaradi. Bu esa nafaqat qoidabuzarlarning, balki ularning oila aʼzolari, qöşnilari va atrofdagi boşqa fuqarolarning hayotiga ham tahdid soladi.
Muammoning kölami umumiy raqamlarda ham yaqqol namoyon bölmoqda. Joriy yilning 20-oktabridan buyon respublika böyiça 370 ta holatda jami 9 ming 455 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. Ulardagi suyultirilgan gaz miqdori 102 158 kilogrammni taşkil etgan.
Umuman olganda, bunday nazorat tadbirlari energetika sohasida qonuniylikni mustahkamlaş, resurslar talon-torojining oldini oliş va isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi. Energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va xavfsizlik qoidalariga rioya etiş esa har bir fuqaroning masʼuliyatidir.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.