Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş aniqlandi
Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, ularning talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar ham aynan resurslardan tejamkorlik bilan foydalaniş, taʼminot barqarorligini taʼminlaş va har bir isteʼmolçining masʼuliyatini oşirişga qaratilgan.
Şu maqsadda respublika böylab tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan nazorat tadbirlari izçil davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan Ğijduvon tumanida ötkazilgan tekşiruv davomida jiddiy qoidabuzarlik aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, tumandagi “Baraka” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi A.S. öz xonadonida tabiiy gazdan tijorat maqsadida foydalanib, qum yuviş faoliyatini yölga qöygan. Biroq bu jarayonda gazdan belgilangan tartib va talablarga zid ravişda foydalanilgan.
Holat yuzasidan tegişli dalolatnoma rasmiylaştirilib, noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi. Natijada yetkazilgan zarar miqdori 262 million 310 ming sömni taşkil etdi. Ayni paytda töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.
Mazkur holat energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş nafaqat iqtisodiy zarar, balki aholi va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari manfaatlariga ham salbiy taʼsir körsatişini anglatadi. Zero, tabiiy gaz — çeklangan va muhim strategik resurs. Undan belgilangan meʼyorlar asosida, oqilona foydalaniş har bir isteʼmolçining burçi hisoblanadi.
Şu bois bunday qoidabuzarliklarni aniqlaş, ularning oldini oliş va resurslar talon-torojiga qarşi kuraşişga qaratilgan nazorat tadbirlari nafaqat sohadagi tartib-intizomni mustahkamlaş, balki energetika xavfsizligini taʼminlaşga ham xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri