Bir milliardga yaqin aholi istiqomat qiladigan Afrika insoniyatning beshigi sifatida ko‘riladi.

Afrika – hududi orollarsiz 29,2 mln. km²,orollar bilan 30,3 mln. km² tashkil qiladi. Bu Yer sharining 6 foizni, quruqlikning 20,4 foiz tashkil qilishini anglatadi Afrika hududlarida 55ta davlat joylashgan. Afrikada bir milliardga yaqin aholi istiqomat qiladi. Afrika insoniyatning beshigi sifatida ko‘riladi.

Aslida, taxminlarga qaraganda, qadimiy Karfagen shahri atrofida yashovchilar “afri” deb atalgan (“afar” “chang” degan ma’noni anglatadi). Karfagen rimliklar tomonidan bosib olinganidan so‘ng viloyat Afrika deb atala boshlandi. Keyinchalik butun mintaqa, keyinroq esa qit’aga Afrika nomi berildi.

02.jpg

Toponimning boshqa ma’nolari ham ilgari suriladi.

Birinchi asrda yashab o‘tgan tarixchi Iosif Flaviyning ta’kidlashicha, bu nom Ibrohim payg‘ambarning Liviya hududlariga borib joylashgan nabirasi Yefera sharafiga qo‘yilgan. “Aprica” lotinchadagi ma’nosi “quyoshli” bo‘lib, bu nom Isidor Sevilskiyning “Boshlanish” asarida tilga olingan. Grek tilidagi “sovuqsiz” (αφρίκη) iborani qo‘llash taklifi tarixchi Lev Afrikanskiy tomonidan ilgari surilgan. Shoir va misrshunos Jerald Messi 1881 yilda af-rui-ka so‘zi misrcha bo‘lib “Yuzni Ka tuynugi tomon qaratish” degan ma’noni anglatadi, degan taxminni o‘rtaga tashladi. Ka – har bir insonning energetik dubli bo‘lib, “Ka tuynugi”tug‘ulgan joyni anglatadi. Ya’ni misrliklar uchun Afrika “Vatan” ma’nosini anglatar ekan. Paleontolog va yozuvchi I.Yefremovning fikricha, “Afrika” so‘zi qadimigi Ta-Kem so‘zidan olingan. (“Afros” – ko‘pikli mamlakat). Bu – qit’aning O‘rta yer dengizi sohillariga kelgan bir nechta oqimning ko‘pik hosil qilishi bilan izohlanadi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Afrika mamlakatlari birin-ketin ozod bo‘la boshladi. O‘tgan asrning 60-yillari Afrika yili bo‘ldi. 1960-yilda 17 ta davlat mustaqil bo‘ldi. Jumladan, Fransiya boshqaruvidagi Kamerun, Togo, Malagasiy Respublikasi, Kongo (sobiq Fransuz Kongosi), Dagomeya, Yuqori Volta, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Gabon, Mavritaniya, Niger, Senegal, Mali mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya qaramog‘idagi Nigeriyava Belgiya Kongosi ozod bo‘ldi. Britaniya Somalisi va Italiya boshqaruvidagi Somali birlashib Somali Demokratik Respublikasini e’lon qildi. Shuni aytish kerakki, unga qadar Misr (1922-yildan), Efiopiya (o‘rta asrlardan beri), Liberiya (1847-yildan) va JAR (1910-yildan) mustaqil edi, xolos. 1960-yillar Afrika qit’asidagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Quyidagi davlatlar suveren deya e’lon qilindi:

1961-yilda Syerra-Leone va Tangan’ika;

1962- yilda Jazoir, Uganda, Burundi va Ruanda;

1963-yilda Keniya va Zanzibar;

1964-yilda Shimoliy Rodeziya (o‘zini Zambiya Respublika deya e’lon qildi) va Nyasalend (Malavi); shu yili Tanganika va Zanzibar birlashib Tanzaniya Respubliki e’lon qilindi;

1965 yilda Gambiya;

1966-yilda Bechuanalend nomi Botsvana Respublikasi hamda Basutolend davlati Lesoto qirolligiga aylandi;

1968-yilda Mavrikiy, Ekvatorial Gvineya va Svazilend;

1973-yilda Gvineya-Bisau;

1975-yilda (Portugaliyadagi inqilobdan so‘ng) – Angola, Mozambik, Yashil Burun Oroli va San-Tome, Prinsipi, shuningdek Komordagi 4taorolidan uchtasi (Mayotta Fransiya qaramog‘ida qolishga qaror qildi);

1977-yilda Seyshel oroli, Fransuz Somalisi Jibuti Respublikasiga aylandi;

1980-yilda Janbubiy Rodeziya davlati Zimbabve Respublikasiga aylandi;

1990-yilda qaramlikdagi Janubiy-G‘arbiy Afrika hududlarida Namibiya Respublikasi tuzildi.

Keniya, Zimbabve, Angola, Mozambik va Namibiyadagi mustaqillik urushlarga, isyonlarga va partizanlik kurashlariga sabab bo‘ldi. Biroq ko‘plab Afrika davlatlari uchun istiqlol yo‘li katta qon to‘kishlarsiz yakunlandi, ammo bu davlatlarda ommaviy noroziliklar va namoyishlar muzokaralar yo‘li bilan hal etildi.

Tahlilchilarning fikricha, “Afrika uchun kurash poygasi” davomida Afrika davlatlarining chegaralari turli xalq va elatlarning joylashuvi e’tiborga olinmagan holda sun’iy ravishda belgilangan edi. Bu, o‘z navbatida, mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlarda fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. Ko‘plab mamlakatlarda hokimiyat tepasiga diktatorlarning kelishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy inqiroz va qashshoqliklarni keltirib chiqardi. JAR va Janubiy Rodeziya (Zimbabve)da o‘tgan asrning 80-90-yillariga qadar mahalliy aholini kamsituvchi aparteid rejimi saqlanib qoldi. Ayni damda esa Afrikaning bir qator mamlakatida oq tanli aholini kamsituvchi rejimlar hukmronlik qiladi.

Shu davr mobaynida qit’ada 35 ta qurolli majoro qayd qilinib, 10 millionga yaqin kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning katta qismini (92 foiz) tinch aholi vakillari tashkil qiladi. Afrikada dunyodagi qochqinlarning salkam 50 foiz (7 mln kishidan ko‘proq) i bor. Ko‘chib yuruvchi shaxslar soni 20 million kishini tashkil qiladi. Ularning ko‘pchiligining peshonasiga yashab qolish uchun kurashish fojeasi bitilgan.

JARdan tashqari barcha mamlakatlar rivojlanish yo‘liga o‘tgan, ko‘pchiligi jahondagi eng qashshoq mamlakat sifatida ko‘riladi. Bugungi kunda ta’lim sohasida Afrika jahonning boshqa qit’alaridan ancha orqada qolib ketgan. Qit’ada 40 million bola bor, ularning yarmi maktabga bormaydi. Ta’limdan bebahra qolayotgan bolalarning uchdan ikki qismini qizlar tashkil qiladi.

1963-yilda Afrika Birdamlik Tashkiloti tuzildi. Bu tashkilot 2002-yilning 9 iyulida rasman Afrika Ittifoqi deya qayta tashkil qilindi. Ayni damda Afrika Ittifoqiga 54 davlat a’zo bo‘lib kirgan. G‘arbiy Sahroi Kabirning qabul qilinganiga norozilik sifatida Marokash Afrika Ittifoqiga kirmagan. Marokash G‘arbiy Sahroi Kabirni o‘zining tarkibiy qismi sifatida ko‘radi. Afrika Ittifoqidan avval qit’ada, o‘tgan asrning 60-yillarda Afrika Davlatlari Ittifoqi (Union of African States) tuzilgan. Shuningdek, 1963 yil 25 mayidan Afrika Birligi Tashkiloti (Organisation of African Unity) ham faoliyat yuritgan. 1991-yilda esa Afrika Iqtisodiy hamjamiyati (African Economic Community) tashkil etilgan. Biroq bu tashkilotlar samara bermagani bois o‘tgan asrning 90-yillarida Afrika Ittifoqi tuzish tashabbuslari muhokama qilina boshladi. 1999-yilning 9-sentyabrida bu borada Sirt deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000-yilda Lome sammitida Afrika Ittifoqining Ta’sis akti tasdiqlandi. 2001-yilda Lusakada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda yangi tashkilotning hayotga tatbiq etish loyihasi qabul qilindi. O‘sha yili Afrika taraqqiyotining strategik dasturi tasdiqlandi. Afrika Ittifoqining ma’muriy markazi Efiopiya poytaxti Addis-Abebeda joylashgan.

SharofiddinTo‘laganov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25-may – Afrika ozodligi kuni