24-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zA