Kogondagi 1-jazoni ijro etish kalonniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 23 nafar mahbus Prezidentimizning farmoni asosida avf etildi. Ularning chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olinib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani sabab yana bir imkoniyat taqdim qilindi. Bugun ular ko‘zidagi quvonch shunday bag‘rikeng yurtda yashayotganiga shukronalik hislariga qorishib ketgan. Bu fuqarolarning har biri hali kamida yana ikki yil va undan ko‘proq muddat shu panjaralar ortida qolishga majbur edi. Ammo ijtimoiy davlatda ular kechirildi va yana jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun navbatdagi qadamni tashlamoqda. Bunday insonparvarlik tamoyili ayniqsa ota-onalar uchun katta tuxfa bo‘ldi.

23 nafar jazodan ozod etilganlarning har biri tog‘ni talqon qilgudek kuchga, quvvatga ega. Ularning har biri katta maqsadlar sari yo‘lga otlangan-u, ma’lum sabablar bilan aldovlarga uchib yo‘ldan adashgan. Bugun go‘yoki panjara orti ularga yana qayta to‘g‘ri yurishni o‘rgatayotgandek. Sababi, bu joydagi o‘tgan qimmatli vaqt ko‘plari uchun bir umrga yetarli saboq bo‘lgan. Qolaversa, intiq kutayotgan yaqinlarining kechinmalarini u bir necha bor ortiqroq his qilgan, desak xato bo‘lmaydi. Farhod Ahrolqulov ham 40 yoshni qarshi olish arafasida. 4 nafar farzandning otasi bayram arafasida oilasi bag‘riga qaytmoqda.

-Prezidentimga raxmat, meni avf etdilar, -deydi ko‘ziga yosh olib Farhod Ahrolqulov. –Adashib qolganimni kech anglab yetdim. Lekin endi hayotda mehnat qilib o‘z o‘rnimni topaman. Farzandlarim tarbiyasiga alohida e’tibor qarataman.    

Shuningdek, Buxorodagi boshqa jazoni ijro etish kaloniyalaridan ham bir qator yurtdoshlarimiz oilasi bag‘riga jo‘nab ketdi. Qilgan ishi xatoligini anglagan 10 dan ortiq fuqaroning jazo muddati qisqartirildi.  

Baxtiyor G‘ulomovning yoshi  60 ni qoralab qoldi. O‘tgan yili nima bo‘ldi-yu og‘ufurushlar girdobiga tushib qolgan oila sardori nafs iskanjasiga tushib, yo‘ldan adashdi. Farzand-u nevaralar sog‘inchi qalbini o‘rtadi, asr bilan tengdosh onasini o‘ylab tunlarni tonglarga uladi. Qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan Baxtiyor G‘ulomov davlatimiz rahbari farmoni asosida jazodan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytmoqda.

-3-yilga ozodlikdan mahrum etilib, 1-yilda ozod etildim, -deydi Baxtiyor G‘ulomov. –Prezidentimiz farmoni asosida avf etilib, ozodlikka chiqayapman. Prezidentimizga mingdan ming rahmat. 1-yil qamoqda o‘tirgan bo‘lsam, men uchun 10-yildek tuyuldi. Farzandlarim, nabiralarimning sog‘inchi bilan yashashga harakat qildim. 96 yoshdagi onamning duolarini olishim kerak. Qilgan ishimdan pushaymonman.  

Chindanda  ko‘p hollarda haqiqatni anglash uchun qimmatli narsamizdan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Baxtiyor G‘ulomov ham ozodlikning qadrini, oila mehrini bir yillik zulmatga almashganidan pushaymonda.

Mehr-oqibat, insoniylikning ifodasi bo‘lgan avf oilaning tayanchini yana yaqinlar bag‘riga qaytaryapti. Bu esa Baxtiyor G‘ulomov singari 400 dan ortiq yurtdoshimiz xonadoniga katta quvonch ham olib kirmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
23 nafar mahbus oilasi bag‘riga qaytdi