Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlari) natijalariga ko‘ra, bitta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (ta’lim shakli va ta’lim tilini inobatga olgan holda) bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy ballari teng bo‘lib qolganda, ushbu teng balli abituriyentlarning barchasi mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi