Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kimyo sanoatida 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan shu yil 6 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ham so‘nggi yillarda bu tarmoqda sezilarli o‘zgarish bo‘lgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratish uchun investitsiyalarga keng yo‘l ochilgani bilan birga, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.

Investitsiyalarni keng jalb etish borasida Investitsiyalar, sanoat va savdo, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Transport va Energetika vazirliklari tomonidan ham qator ishlar olib borilmoqda. Birgina 2024 yilda 34,8 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish 1,6 barobarni tashkil etgan. Yil yakuni bilan 50 ta shahar va tumanlarda 100 mln. dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2025 yilda esa 42,1 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 36,8 mlrd. dollar rejalashtirilgan. Masalan, yanvar oyining o‘zida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Shuningdek, bu yil qiymati 35,4 mlrd. dollar 301 ta yirik va 8 mingta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilib, ular hisobiga 294 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitalarining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Transport va Energetika vazirliklari tomonidan investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, eksport hajmini oshirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan. Jumladan, 2024 yilda respublika eksporti 19,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 16 foizga o‘sgan. Eksport faoliyatiga 3 mingdan ortiq yangi korxonalar jalb etilib, eksportchilar soni 7 mingtaga yetgan. Eng muhimi, 55 ta davlatga 58 turdagi yangi mahsulotlar eksport qilingan.

Yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya tizimida 2024 yildagi investitsiyalar va 2025 yildagi loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga muvofiq, vazirlik va tarmoq korxonalari tomonidan 60 ta loyiha doirasida 3 582,5 million dollar (shundan 3 203,7 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq, vazirlik va tarmoq korxonalari tomonidan 56 ta loyiha doirasida 2 643,5 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Munozaralar davomida deputatlar ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, qulay investitsiya muhiti yaratish, investitsiya oqimini ko‘paytirish, eksportga ishlayotgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berdilar.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish 1,6 barobarga o‘sgan