Mamlakatimizda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasida amaliy natijalarga erishilmoqda.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning “Yutong Bus” kompaniyasi xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashdi.

Tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holati, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi, deyiladi Transport vazirligi ma’lumotida.

Uchrashuvda shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha muhokama etildi.

Transport vaziri O‘zbekistonda  mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

A.RUSTAMOV, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
200 ta elektrobus sotib olish loyihasining holati muhokama qilindi