Xitoydan O‘zbekistonga 100 ta elektrobus olib kelindi
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xitoydan 100 ta elektrobus O‘zbekistonga jo‘natildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligiga erishish va Toshkent jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida yashil loyihalarni amalga oshirish maqsadida 200 ta elektrobus va ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xitoyning YUTONG BUS Co., Ltd kompaniyasi eng yaxshi takliflar tanlovida g‘olib bo‘lgan. Mazkur loyiha Xitoy Eksimbanki va "O‘zsanoatqurilishbank" ATB moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA