Bugun butun dunyo bo‘ylab aql, tafakkur va sabr timsoli bo‘lgan shaxmat o‘yinining xalqaro tashkiloti — Xalqaro shaxmat federatsiyasi tashkil topgan kun.

Shaxmat bu, faqat o‘yingina emas, balki insoniyat tafakkurining beqiyos noyob mo‘’jizasi bo‘lib, dunyoni anglash, uning sarhadsiz kengliklarida 64 katakda harakatlanadigan donalar timsolida hayotni bilish, har bir qadamni mas’uliyat bilan qo‘yish, yuksalish san’atidir.

64 katakdan iborat bu sehrli olamda hech qanday til yoki chegaralar yo‘q. Har bir yurish — yangi imkoniyat, har bir qaror — yangi marralar sari tashlangan ishonchli qadam.

Oq va qora donalar ustida ko‘rsatilgan har bir jasorat, har bir fidokorlik chin ma’nodagi g‘alabadir.

Bugun, 20 iyul- Xalqaro shaxmat kuni munosabati bilan FIDE jahon shaxmatning eng nomdor vakillari ishtirokida onlayn turnir tashkil etmoqda.

Mazkur turnirda dunyo bo‘ylab shaxmatga mehr qo‘ygan millionlab kishilar nomdor grossmeysterlar bilan kuch sinashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasiga 1924 yili 20 iyulda asos solingan. Bugungi kunda 201 ta milliy federatsiyalar ushbu nufuzli tashkilot a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDEning to‘laqonli a’zolaridan biri bo‘lib, “aql gimnastikasi” mamlakatimizda ming-minglab kishilarning sevimli mashg‘uloti hisoblanadi.

Davlatimizning alohida e’tibori tufayli, keyingi yillarda yurtimizdan o‘nlab iqtidorli shaxmatchilar yetishib chiqdi. Yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasidan jahon va qit’a chempionlari yetishib chiqmoqda. Shaxmatchilarimiz Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi sanaladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassislarining, alohida shaxmat murabbiylarining sa’y-harakati bilan deyarli har kuni onlayn va oflayn tarzda turli ommaviy shaxmat musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi sana munosabati bilan mamlakatimizdagi shaxmat ixlosmandlari uchun bir nechta onlayn musobaqalar uyushtirilishi nazarda tutilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
20 iyul — Xalqaro shaxmat kuni