O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 0-3 daraja sovuq, 4-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zA