Sardoba tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida Sirdaryo viloyati hokimi stipendiyasi uchun iqtidorli o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng bilimdon o‘quvchi” fanlar olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Viloyatdagi iqtidorlilarni aniqlab olish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sirdaryodagi umumta’lim maktablarining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng bilimdon o‘quvchi” fanlar olimpiadasida o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati hokimi stipendiyasi uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va informatika fanlaridan uch – maktab, tuman-shahar va viloyat bosqichida ikkita shart bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadaning har bir bosqichida eng kuchlilar saralandi.

Unda jami 5 mingdan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etib, unda 18 nafar g‘olib o‘quvchiga viloyat hokimi stipendiyasi va “Jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari kutubxonasi”dan o‘rin olgan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Sovg‘alar Xalq ta’limi vazirligi va viloyat hokimligining mas’ullari tomonidan topshirildi.

Ma’lumot uchun, viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olgan o‘quvchilarga bir yil mobaynida har oy – bir bazaviy hisoblash miqdorida viloyat hokimining stipendiyasi berib boriladi.

A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 o‘quvchi Sirdaryo viloyati hokimi stipendiyasi sohibi bo‘ldi