Jahonga dong‘i ketgan Oksford, Kembrij universitetlari, dunyoning eng yirik muzeylari joylashgan Shimoli-g‘arbiy Yevropadagi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi poytaxti – London.

Tarixan shakllangan va milliy jihatdan har xil 4 ma’muriy-siyosiy hudud – Angliya, Uels, Shotlandiya va ushbu yurtga yondosh orollar guruhi (Men va Normand ороллари mustaqil ma’muriy hudud hisoblanadi) va Shimoliy Ирландияdan iborat.

Buyuk Britaniya – konstitutsion monarxiyadavlatni qirol (qirolicha) boshqaradi. Mamlakatning konstitutsiyasi yo‘q. 1215 yildagi Buyuk erkinlik xartiyasi, “Xabeas korpus” akti (1679), Vestminster statuti (1931), Xalq vakilligi to‘g‘risidagi akt (1969) va boshqa muhim parlament hujjatlari qomus vazifasini o‘taydi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat – qirol (qirolicha) va ikki palatali parlament (Lordlar va Jamoalar), ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar Mahkamasi). Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat parlament a’zolaridan tarkib topadi. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o‘z sud tizimi, mahalliy boshqaruv organiga ega.

Buyuk Britaniya maorif tizimi tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Majburiy boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta ta’lim 5-16 yosh bolalarni qamrab oladi. O‘quvchilarning 65 foizi 16 yoshdan keyin ta’limni kollej, universitet va boshqa oliy o‘quv yurtlari, markazlarida davom ettiradi. Buyuk Britaniyada 79 universitet, 40 dan ziyod politexnika kolleji bor.

Eng kadimgi oliy o‘quv yurtlaridan biri Oksford universiteti 1096 yil tashkil etilgan. Margaret Xilda Tetcher, Buyuk Britaniyaning 71-Bosh vaziri Lyuis Kerroll, ingliz yozuvchisi, matematik, mantiqchi, faylasuf va fotograf Charlz Lutvij Dojson (“Alisa mo‘’jizalar dunyosida” asari muallifi), taniqli ingliz fizigi Stiven Xoking kabi mazkur dorilfunun bitiruvchilari orasida 28 nafar Bosh vazir hamda dunyoning ko‘plab davlat va hukumat rahbarlari bor. 70 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindori, 3 nafar Fild medali (Fields Medal) va 6 nafar Tyuring mukofoti sovrindorlari Oksford universitetida ishlagan yoki ta’lim olgan. Universitet bitiruvchilari 160 marta Olimpiada medalini qo‘lga kiritgan.

Yana bir yirik universitet – Kembrij 1209 yildan faoliyat yuritadi. Bu yerda Isaak Nyuton va Jeyms Maksvell, Charlz Darvin va lord Kelvin, Pol Dirak va lord Reyli, Bertran Rassell va Ernest Rezerford kabi daholar tahsil olgan yoki ishlagan. 120 dan ziyod Nobel mukofoti sovrindori, 11 ta Fild medali sovrindori, 7 nafar Tyuring mukofoti sovrindori, 14 Bosh vazir hayoti u yoki bu darajada Kembrij bilan bog‘liq. Oliygoh bitiruvchilari 194 bor Olimpiada medaliga sazovor bo‘lgan.

Britaniya muzeyi  jahondagi eng yirik muzeylardan bo‘lib, Londonda joylashgan. 1753 yil asos solingan mazkur Yevropadagi ilk davlat muzeyi 1759 yil ishga tushgan.

Britaniya muzeyida asosan Britaniya orollari ibtidoiy davriga oid san’at asarlari, Misr va Mesopotamiya hududidan topilgan Rozetta toshi, Ur shahri obidalariga bevosita daxldor buyumlar, Yunoniston va Qadimgi Rim san’ati namunalari – Parfenon haykallari, Galikarnas maqbarasi, vaza va naqshli toshlar, Yevropa, Osiyo, Afrikaning O‘rta asrlarga mansub yodgorliklari – Benin bronzasi, Arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, rasm, gravyura, tanga, medallar to‘plangan.

Этнография bo‘limidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari o‘rin olgan. 1440 yil Muhammad Jo‘qiy tomonidan ko‘chirilgan, 31 miniatyura bilan bezatilgan Firdavsiyning “Shohnoma”si, XVI asr ikkinchi yarmida qog‘ozga tushirilgan “Boburnoma”miz qo‘lyozmasi, 1877 yil Amudaryo sohilidan topilgan Amudaryo xazinasi kabi ko‘hna diyorimiz bilan aloqador bebaho yodgorliklar shu muzeyda saqlanadi. Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 milliondan ortiq kitob, taxminan 105 ming qo‘lyozma, 100 ming xartiya (qo‘lyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ziyod papirus bor.

Angliyada, shuningdek Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) singari yirik muzeylar mavjud.

Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari boy, rang-barang va uzoq tarixga ega. Radio eshittirishlari 1922 yil, televideniye ko‘rsatuvlari 1936 yildan efirga beriladi. Qirollikda 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ko‘p yordamchi telestudiya faoliyat ko‘rsatadi.

Britaniyaning yetakchi radio eshittirish va tele ko‘rsatuv korporatsiyasi “British Broadcasting Corporation” – Bi-bi-si 1922 yil tashkil etilgan.

Tabiiyki, mamlakatda ko‘plab mashhur gazeta va jurnallar chop qilinadi. Masalan, “Posbon” (Guardian) kundalik gazetasi 1821 yildan chiqa boshlagan. “The Guardian”ning xorijda ikkita onlayn filiali bor. Shuningdek, “Kundalik pochta” (Daily Mail, 1896), “Kundalik yulduz” (Daily star 1978), “Vaqt”  (Times, 1785) kabi kundalik gazetalarni ham butun dunyoda o‘qishadi. 1932 yildan buyon nashr etiladigan “Ayol” (Woman) xotin-qizlar suratli haftanomasi va yana bir nechta elektron nashr mavjud.

Angliyadagi yetakchi axborot agentligi – ichki axborotни to‘plash va ommalashtirishga ixtisoslashgan “Matbuot assotsiatsiyasi” (Press Association)ga 1868 yil asos solingan. 26 nafar aksiyadorga ega Media guruhi xususiy kompaniyaning bir qismi bo‘lib, aksariyati milliy va mintaqaviy gazeta nashriyotlaridir.

Xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentligi – Reyter (Reuters)ga 1851 yil Londonda Pol Julius Reyter tomonidan asos solingan. Dastlab Reyterning asosiy daromad manbai boshqa noshirlarga yangilik tarqatish bo‘lgan, hozir esa jamoa rivojlangan axborot tizimi vositasida moliya va tovar bozori tahliliy hisobotidan tushadigan foydaning 90 foizdan ko‘pini oladi. Ushbu agentlik dunyodagi aksariyat axborot nashrlarini o‘z axborot resursiga obuna qilgani bilan ham mashhur. Reyter uchun 91 mamlakatda 14 000 dan ortiq xodim ishlaydi, ularning 2300 nafari jurnalist, fotomuxbir va video operator. Xorijdagi jami 197 byurosi bilan Reyter dunyodagi eng ishonchli axborot manbalaridan biriga aylangan bo‘lib, “Bloomberg”, “Dow Jones”, “Factiva” va “ISI Securities” kabi moliyaviy ma’lumot provayderlari bilan raqobatlashadi.

Dunyodagi eng qadimgi radioeshittirish korporatsiyasi sanalgan VVS (British Broadcasting Corporation) Buyuk Britaniyadagi radio, internet va teleko‘rsatuv majmuasi xalqaro eshittirishlarni o‘n yil o‘tib, 1932 yil uzata boshlagan. Yevropada elektron rejimda eshittirish bera boshlagan (1967) hamda telematn (1974) va sun’iy yo‘ldoshni rele sifatida ishlatgan  (2003) ilk axborot agentligi ham aynan shu.

Kompaniya Buyuk Britaniyada ikkita eshittirish, uchta simli, sun’iy yo‘ldosh va raqamli kanalga ega. 14 ta milliy raqamli radiostansiyasi, bir necha internet sayti, 40 taga yaqin jurnali mavjud.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 fevral – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi bilan diplomatik munosabat o‘rnatilgan kun