Butun dunyoda har yili 18 aprel — Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu tarixiy sana YUNESKO Assambleyasi tomonidan jahon madaniy merosini muhofaza qilish va asrab-avaylashga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan.

Uch ming yillik tarixga ega yurtimiz o‘zining tarixiy yodgorliklari, mahobatli obidalari, ziyoratgoh qadamjolari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingdan ziyod yodgorlik, shu jumladan, 2 ming 500 me’moriy obida, 2 ming 700 dan ziyod arxeologiya yodgorligi, 1 ming 800 dan ko‘proq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 

Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz kabi ochiq osmon ostidagi muzey shaharlarimiz va qator madaniy yodgorliklarimiz YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatidan joy olgan. Shuningdek, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf-odatlarimiz, xalq ijodiyoti, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog‘liq bilimlarga oid nomoddiy madaniy meros ob’ektlari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. 

Mamlakatimizda tarixiy, madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash, ularni o‘z holicha saqlanishiga alohida e’tibor qaratish va ulardan sayyohlik yo‘nalishida samarali foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, sohaning huquqiy asoslari mustahkamlanib, Bosh qomusimizda va qator huquqiy hujjatlarda ularni avaylab-asrashga oid qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunda xalqimizning umummilliy boyligi bo‘lmish madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solingan. 

O‘zbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob hamda nodir madaniy merosni asrab-avaylash, moddiy madaniy meros ob’ektlari hamda YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar va hududlarni ishonchli muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish hamda yurtimizda sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish maqsadida ilmiy-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. 

Tarixiy obidalarimizning ko‘rku tarovati, mahobati ajdodlarimizning aqlu zakosidan dalolat berib, har qanday insonni hayratga soladi. Shu bois ham har yili sayyohlik mavsumida madaniy ob’ektlarimiz mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum bo‘ladi. Yurtimiz o‘tmishiga, obidalarimiz tarixiga qiziquvchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa madaniy merosimizdan, yurtimizning sayyohlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish lozimligini anglatadi. 

Bu borada shu yil 9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator vazifalar belgilab berildi. “Boy tarixiy-madaniy merosimiz, go‘zal va betakror tabiatimiz sayyohlarni 2-3 karra oshirishga yetadi”, dedi Prezident.

Shuningdek, to‘rt yilda madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard so‘m ajratilgan. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta ob’ekt ta’mirtalab ahvolda ekani aytildi. Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi. Bu yil madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasiga kamida 4 million dollar grant jalb qilinishi aytildi.

Darhaqiqat, ajdodlarimizdan meros tarixiy maskanlarni bus-butunligicha saqlash va ulardan samarali foydalanish yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shuning barobarida tadbirkorlar, hunarmand va savdo xodimlari tomonidan ijaraga olingan tarixiy ob’ektlarga zarar yetkazmaslik, devorlariga o‘zicha ishlov bermaslik, o‘zboshimchalik bilan binolarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritmaslik lozim bo‘ladi. Aks holda bu kabi xatti-harakatlar bilan tarixiy inshootlar qattiq shikastlanishi, ularga qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazilishi, tarixiy qimmatliligiga ta’sir ko‘rsatilishi mumkin. 

Yurtimizning boy madaniy, tarixiy merosini, ko‘p asrlik yodgorlik va inshootlarini, ziyoratgoh va diqqatga sazovor manzilgohlarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish bugungi avlod vakillarining zimmasidagi muhim burch va vazifadir.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 aprel — Xalqaro yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar kuni