16 Oktyabr voqeiyliklari "Qisqa xabarlar"da
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolangani ma’lum qildi. Toshkentda odamlarga qulay va ekologik toza muhit yaratish uchun katta ishlar boshlangani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik moddasining noqonuniy savdosi fosh etilganligi to‘g‘risida xabarlar o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA