Bu haqda Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tildi.

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2024 yilda viloyatda o‘tkazilgan monitoringlar davomida 4 ming 803 ta holatda 1564,8 gektar yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.  

Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 4 ming 803 ta yozma ko‘rsatmalar yuborilgan. O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1 ming 772 tasi 930,8 gektari shu joyning o‘zida bartaraf etilgan.  

Shuningdek, 658,8 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va yerni avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2 ming 935 ta da’vo arizalari kiritilishi ta’minlangan.  

Ko‘chmas mulklarga kadastr pasportlarini shakllantirish yuzasidan 2024 yil davomida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali kadastr hujjatini tayyorlash bo‘yicha 99 ming 276 ta murojaat kelib tushgan.  

Mazkur murojaatlar asosida 64 ming 947 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.  

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 5 avgustda “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Qonunga asosan Qashqadaryo viloyatida ham kadastr xodimlari tomonidan yalpi xatlov ishlari o‘tkazilmoqda.  

Qonun ijrosi yuzasidan xatlov jarayonlariga 200 nafarga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar 10 ming 922 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazilgan.  

Shundan qonun doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan 2 mingdan ziyod ko‘chmas mulk ob’ektlarining elektron yig‘ma jildini ko‘rib chiqish uchun “ETIROF” AAT orqali tegishli vazirlik va idoralarga yuborilishi ta’minlangan.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,5 ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va noqonuniy imoratlar qurilgan