Keyingi yillarda yurtimizda yer resursidan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlash, qonunbuzilish holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali yer ajratish tartibining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanmoqda, sohada byurokratik to‘siqlar bartaraf etilmoqda. Shunga qaramasdan, yer resurslarini talon-toroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlari hali hamon uchrab turibdi.   

Kadastr agentligi tomonidan barcha toifadagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, chegaralarining o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishi, yerlardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.   

Jumladan, Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va nazorat tadbirlari doirasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 4 ming 583 ta holatda 335,1 gektar yer maydonining o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlari aniqlandi.   

Tahlillarga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 335,1 gektar yer maydonining 181,9 gektari qishloq xo‘jaligi, 16,6 gektari aholi punktlaridagi, 14,4 gektari suv fondi, 6,5 gektari  sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik ob’ektlarga, 115,7 gektari zaxira yerlarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.   

Yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatini yuzaga keltirganlik uchun qonunchiligimizda ma’muriy, hatto jinoiy javobgarlik belgilangan.  

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 7 ta moddasida, bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 2291-moddasi ya’ni, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.   

Agar ana shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.   

[gallery-19687]

Shuningdek, sug‘oriladigan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirgan holda yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.   

Yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan mutaxassislarimiz tomonidan belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.   

Milliy boyligimiz bo‘lgan yer maydonlarini asrab-avaylash,  ertangi kunga o‘z holatida yetkazish muhim vazifa hisoblanadi. Ana shu vazifani bajarish, bu borada qonunchilikka qat’iy amal qilish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Zero, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikni buzish, qonunlarni mensimaslik, ularga amal qilmaslik albatta, javobgarlikka tortilishini unutmasligimiz kerak.   

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari mutaxassislari tomonidan yerdan foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.   

Botirjon Mirzaahmedov,

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi

boshlig‘ining o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
335,1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan