Zelenskiy rafiqasi bilan Nyu-Yorkda
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rafiqasi Yelena Zelenskaya hamda diplomatik delegatsiya hamrohligida BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida qatnashish maqsadida Nyu-York shahriga yetib bordi. Safar davomida yetakchi AQSH Prezidenti, Yevropa davlatlari rahbarlari, Kongress a’zolari, xalqaro tashkilotlar hamda yetakchi kompaniyalar mas’ullari bilan 20 ga yaqin uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida dron bo‘yicha yangi shartnoma – “Drone Deal” imzolanishi ham kutilyapti. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Zelenskiy mamlakatning asosiy maqsadi tinchlikni yaqinlashtirish, havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash ekanini ta’kidladi.
Nyu-Yorkda xalqaro “Qrim platformasi” sammiti ham o‘tkazilishi, tadbirda ko‘plab hamkor davlatlar yuqori darajada ishtirok etishi kutilyapti.
O‘z navbatida birinchi xonim Yelena Zelenskaya Kolumbiya universiteti va BMT maydonida ma’ruza qiladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vazirining rafiqasi, Jahon banki prezidenti hamda amerikalik tadbirkor va saxovatpeshalar bilan qator muhim uchrashuvlar o‘tkazadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA